Tramp Putin bilan yana "til topishishga" umid qilayotganini aytdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskyi / Mediabankka o‘tishVstrecha prezidenta RF Vladimira Putina i prezidenta SShA Donalda Trampa v Xelsinki
Vstrecha prezidenta RF Vladimira Putina i prezidenta SShA Donalda Trampa v Xelsinki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.08.2024
Obuna bo‘lish
Tramp agar qayta saylansa, Putin bilan yana "til topishishga" umid qilishini aytdi.
TOShKENT, 13 avg — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti va Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp tadbirkor Ilon Maskga bergan intervyusida agar u qayta saylansa, Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan yana “til topishishga” umid qilayotganini aytdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Sobiq prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin “o‘z sohasining eng yaxshilari”. Shu bilan birga, u avvalgi suhbatlaridan birida Rossiya rahbarini Ukrainaga qarshi har qanday tajovuzkor harakatlardan ogohlantirganini da’vo qilmoqda.

"Men Vladimir Putinga aytdim:" Bunday qilmang. Siz bunday qilmasligingiz kerak, Vladimir"... Bu bizning oxirgi suhbatimiz edi. U hech qachon, hech qachon bunga bormagan bo‘lar edi, biz esa yaxshi munosabatda edik. Umid qilamanki, biz u bilan yana til topishamiz. Bu yomon emas, yaxshi bo‘lardi”, — dedi Tramp.

Respublikachi nomzod qo‘shimcha qilganidek, AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden Rossiya rahbari bilan Ukraina bo‘yicha muzokara qilishdan bosh tortib, katta xatoga yo‘l qo‘ydi.
"Bayden Rossiyaga nimadir qildi. Putinning Ukrainaga (qo‘shin jo‘natish – tahr.) qaror qilishiga imkoniyat yo‘q edi. Men o‘z lavozimimni tark etganimdan so‘ng ular (Rossiya – tahr.) u yerda, Ukraina bilan chegarada katta qo‘shinlar tuza boshlashdi. Men buni ko‘rib va Putin bu qadamni u yaxshi muzokarachi bo‘lgani va muzokaralar olib borishni xohlayotgani uchun qilgan deb o‘yladim”, — dedi sobiq prezident.
Shuningdek, u o‘z so‘zida Shimoliy Koreya yetakchi va AQShning amaldagi prezidentini ham eslab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Jo Baydenni yoqtirmaydi va uni ahmoq odam deb biladi.

“Kim Chen In bilan kelishardim... Aytgancha, u yerda (KXDRda — tahr.) haqiqiy xo‘jayin. Bilasizmi, ko‘p odamlar surashgan: "Siz haqiqatan ham shunday deb o‘ylaysizmi?" Sizga aytaman: men siz bilishni istamaydigan narsalarni ko‘rdim”, — dedi Tramp.

Siyosatchining qo‘shimcha qilishicha, Xitoy yadro qurollari arsenallari hajmi bo‘yicha AQShni "quvib yetadi yoki hatto undan ham o‘zib ketadi".
"Rossiya va AQSh birinchi o‘rinda, Xitoy esa ancha orqada, lekin ular juda tez rivojlanayotgani ajablanarli emas. Hammasi Xitoyning bizni quvib yetib olishi va balki bizni ortda qoldirishi bilan tugaydi”, — deya qayd etdi u.
Sobiq Oq uy rahbarning qo‘shimcha qilishicha, agar uchinchi jahon urushi boshlansa, albatta yadro qurolidan foydalanish ham bo‘ladi. Bunday rivojlanish, Tramp ta’kidlaganidek, "dunyo hech qachon ko‘rmagan halokatga" olib keladi.
Donald Tramp vistupayet na lilovom lanche Federatsii jenshin-respublikansev Nyu-Gempshira, vtornik, 27-iyunya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2024
AQSh Rossiya va Xitoyning hurmatini yo‘qotdi — Tramp
Yangiliklar lentasi
0