O‘zbekistonda oliy diniy ta’lim muassasalari yana bittaga ko‘paydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovUzbekistane Ramazan xayit v 2023 godu otmechayetsya 21-aprelya
Uzbekistane Ramazan xayit v 2023 godu otmechayetsya 21-aprelya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2024
Obuna bo‘lish
Imom Termiziy nomidagi islom institutiga qabul boshlandi.
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Imom Termiziy nomidagi islom instituti Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deya xabar berdi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Termizda 2020-2021 o‘quv yilidan o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi tashkil etilgan bo‘lib, 2023-2024 o‘quv yilida ilk bitiruvchilar mazkur ta’lim muassasasini tamomladi.
Ta’lim muassasasida o‘qish muddati 4-yil bo‘lib, bakalavr darajasidagi oliy diniy ma’lumotli hadis ilmlari, diniy fanlar va arab tili bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.
“Imom Termiziy nomidagi islom institutiga 2024-2025 o‘quv yili uchun qabul e’lon qilinadi. O‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish 2024-yil 14-avgustdan 20-avgustga (shu kuni ham soat 18:00 gacha) qadar davom etadi”, — deyiladi xabarda.
Abituriyentlar qabul hay’atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasini tamomlagani to‘g‘risidagi hujjat (diplom) va uning ilovasi asl nusxada;
3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo‘lishi talab etiladi).
Abituriyentlar quyidagi fanlar bo‘yicha qabul imtihonlarini topshiradilar: arab tili (test sinovi) 30 X 3,1 – 93 ball, Hadis va Mustalahul hadis (ijodiy imtihon) – 63 ball, O‘zbekiston tarixi (test sinovi) 30 X 1,1 – 33 ball.
Arab tili bo‘yicha V2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.
Ma’lumotuchun, ta’lim muassasasiga hujjat topshirish uchun abituriyentlardan bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
Yangiliklar lentasi
0