https://oz.sputniknews.uz/20240812/uzbekistan-china-hudud-hamkorlik-45136969.html
O‘zbekiston va Xitoy hududlararo hamkorlikni kengaytirmoqchi
O‘zbekiston va Xitoy hududlararo hamkorlikni kengaytirmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Guandun provinsiyasidagi yirik kompaniyalar o‘zbek tomoni bilan aloqalarni kengaytirishdan manfaatdorlik bildirdi.
2024-08-12T09:13+0500
2024-08-12T09:13+0500
2024-08-12T09:13+0500
iqtisod
o‘zbekiston
xitoy
tadbirkor
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1e/23666805_0:161:3069:1887_1920x0_80_0_0_ab5e64b200892eae1d72e283662a5458.jpg
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy hududlararo hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi, deya xabar berdi "Dunyo" AA. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Guandun provinsiyasi Xalq kongressi tashqi ishlar qo‘mitasi kanselyariyasi boshlig‘i o‘rinbosari Van Tanlyan boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokara o‘tkazdi. Qayd etilishicha, Xitoy tomoni O‘zbekistonda biznes muhitni yaxshilash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, mahalliy korxonalarning eksport salohiyatini oshirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirildi. Van Tanlyan provinsiyadagi yirik kompaniyalar o‘zbek tomoni bilan aloqalarni kengaytirishdan manfaatdorligini ta’kidladi. Uchrashuv yakunida hududlararo hamkorlikni kengaytirish maqsadida Guandun provinsiyasi Xalq kongressi rahbari o‘rinbosari boshchiligida rasmiylar va ishbilarmon doiralari vakillari delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etishga kelishib olindi.Ma’lumot uchun, shu yilning yanvar-mart oylarida Xitoy O‘zbekistonning eng yirik tashqi iqtisodiy hamkorlaridan biriga aylandi.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1e/23666805_168:0:2899:2048_1920x0_80_0_0_db74d63281a465982d787692dace4059.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston xitoy hududlararo hamkorlik
o‘zbekiston xitoy hududlararo hamkorlik
O‘zbekiston va Xitoy hududlararo hamkorlikni kengaytirmoqchi
Guandun provinsiyasidagi yirik kompaniyalar o‘zbek tomoni bilan aloqalarni kengaytirishdan manfaatdorlik bildirdi.
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy hududlararo hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi, deya xabar berdi
"Dunyo" AA. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Guandun provinsiyasi Xalq kongressi tashqi ishlar qo‘mitasi kanselyariyasi boshlig‘i o‘rinbosari Van Tanlyan boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokara o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, Xitoy tomoni O‘zbekistonda biznes muhitni yaxshilash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, mahalliy korxonalarning eksport salohiyatini oshirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.
Van Tanlyan provinsiyadagi yirik kompaniyalar o‘zbek tomoni bilan aloqalarni kengaytirishdan manfaatdorligini ta’kidladi.
"Mamlakatlarimiz qadimiy Buyuk ipak yo‘li doirasida ham chuqur hamkorlikni o‘rnatgan. Shundan kelib chiqib, bugungi kunda o‘zaro aloqalarni amaliy natijalarga yo‘naltirishimiz kerak. Qo‘mitamiz tadbirkorlar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirishga hissa qo‘shishga tayyor" – dedi u.
Uchrashuv yakunida hududlararo hamkorlikni kengaytirish maqsadida Guandun provinsiyasi Xalq kongressi rahbari o‘rinbosari boshchiligida rasmiylar va ishbilarmon doiralari vakillari delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etishga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun, shu yilning yanvar-mart oylarida Xitoy O‘zbekistonning eng yirik tashqi iqtisodiy hamkorlaridan
biriga aylandi.