https://oz.sputniknews.uz/20240812/khiva-festival-qovun-45142688.html
Xivada o‘tkazilgan festivalda qovunning 125 taga yaqin navlari namoyish etildi
Xivada o‘tkazilgan festivalda qovunning 125 taga yaqin navlari namoyish etildi
Sputnik O‘zbekiston
Xivada bo‘lib o‘tgan “Qovun sayli” festivalida mahalliy qovunlarning 125 ga yaqin navlari namoyish etildi
2024-08-12T12:25+0500
2024-08-12T12:25+0500
2024-08-12T12:26+0500
turizm
o‘zbekiston
xiva
festival
qovun
qovun sayli
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/0c/45142007_16:0:1255:697_1920x0_80_0_0_6495365320fb6fcba99d2cfe557f7caf.jpg
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Xivada bo‘lib o‘tgan “Qovun sayli” festivalida mahalliy qovunlarning 125 taga yaqin navlari namoyish etildi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.Xiva shahrida “Qovun sayli” festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbir uchun Polvon darvoza oldidagi Alleya maydonining 4 gektarida 60 ta pavilon tashkil etildi.Unda barcha viloyatlar o‘z hududlarida yetishtirilgan meva-sabzavotlar, poliz ekinlari qovun mahsulotlarining “Gurvak”, “Qilichboy beshak”, “Qariqiz”, “Tuya qovun”, “To‘yona”, “Ola zamcha”, “Xorazm oq novvoti”, “Ko‘k gulobi”, “Bo‘rikalla” kabi mahalliy qovunlarning 125 taga yaqin navlari namoyish etdi.Festivalning g‘olib va sovrindorlari:Shuningdek, “Qovunni qayta ishlash va saqlaganligi uchun”, “Qadimiy Xorazm navlarini tiklash va yangi innovatsion texnologiyalar joriy qilganligi uchun”, “Qovunchilikda eng yuqori rentabellikka va eksportbop qovun yetishtirganligi uchun”, “Eng shirin ekologik qovun yetishtirganligi uchun” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi va taqdirlandi.Aytilishicha, festival tufayli Xorazm viloyatiga 30 mingdan ortiq xorijiy mehmonlar va 400 mingga yaqin mahalliy sayyohlar tashrif buyurdi.
o‘zbekiston
xiva
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/0c/45142007_171:0:1100:697_1920x0_80_0_0_cf087949d1cbf0a42f542d2ce3c88ff4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xiva “qovun sayli” festival qovun
xiva “qovun sayli” festival qovun
Xivada o‘tkazilgan festivalda qovunning 125 taga yaqin navlari namoyish etildi
12:25 12.08.2024 (yangilandi: 12:26 12.08.2024) Festival tufayli Xorazm viloyatiga 30 mingdan ortiq xorijiy mehmonlar va 400 mingga yaqin mahalliy sayyohlar tashrif buyurdi.
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Xivada bo‘lib o‘tgan “Qovun sayli” festivalida mahalliy qovunlarning 125 taga yaqin navlari namoyish etildi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi
matbuot xizmati. Xiva shahrida “Qovun sayli” festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbir uchun Polvon darvoza oldidagi Alleya maydonining 4 gektarida 60 ta pavilon tashkil etildi.
Unda barcha viloyatlar o‘z hududlarida yetishtirilgan meva-sabzavotlar, poliz ekinlari qovun mahsulotlarining “Gurvak”, “Qilichboy beshak”, “Qariqiz”, “Tuya qovun”, “To‘yona”, “Ola zamcha”, “Xorazm oq novvoti”, “Ko‘k gulobi”, “Bo‘rikalla” kabi mahalliy qovunlarning 125 taga yaqin navlari namoyish etdi.
Festivalning g‘olib va sovrindorlari:
Gran-pri: Xorazm viloyati Yangibozor tumani (yutuq - “Treker” avtomobili);
Birinchi o‘rin: Urganch shahri (yutuq - “Oniks” avtomobili);
Ikkinchi o‘rin: Xiva tumani (yutuq - “Damas” avtomobili);
Uchinchi o‘rin: Urganch tumani, Xiva shahri va Qo‘shko‘pir tumanlari (yutuq har biriga - “Motosikl”).
Shuningdek, “Qovunni qayta ishlash va saqlaganligi uchun”, “Qadimiy Xorazm navlarini tiklash va yangi innovatsion texnologiyalar joriy qilganligi uchun”, “Qovunchilikda eng yuqori rentabellikka va eksportbop qovun yetishtirganligi uchun”, “Eng shirin ekologik qovun yetishtirganligi uchun” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi va taqdirlandi.
Aytilishicha, festival tufayli Xorazm viloyatiga 30 mingdan ortiq xorijiy mehmonlar va 400 mingga yaqin mahalliy sayyohlar tashrif buyurdi.