O‘zbekiston va Vengriya qurg‘oqchilikka qarshi kurashishni rejalashtirmoqda

© arxiv Zinoviya NoviskogoNa dne Aralskogo morya zavershili ozelenenie bolee 100 tis. ga zemli
Na dne Aralskogo morya zavershili ozelenenie bolee 100 tis. ga zemli  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2024
Obuna bo‘lish
Budapeshtda Qurg‘oqchilikning oldini olish instituti rahbariyati bilan O‘zbekiston-Vengriya hamkorligi masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Vengriya qurg‘oqchilikka qarshi kurashishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi “Dunyo” AA.
O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Turkiy davlatlar tashkiloti huzuridagi Qurg‘oqchilikning oldini olish instituti direktori, Vengriya eksportni qo‘llab-quvvatlash agentligi xalqaro bo‘limi rahbari Laslo Orlosh bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ishtirokchilar qurg‘oqchilikning oldini olish va oqibatlarini yumshatish sohasida ikki tomonlama hamkorlik, tajriba va texnologiyalar almashinuvi hamda bu boradagi hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdi.
Tomonlar, ayniqsa, qurg‘oqchilik va cho‘llanish muammosi dolzarbligicha qolayotgan O‘zbekiston kabi mamlakatlar uchun global iqlim o‘zgarishi keltirib chiqarayotgan muammolarga qarshi birgalikda kurashish muhimligini qayd etishdi.
“Qurg‘oqchilikning oldini olish instituti tomonidan amalga oshirilayotgan dastur va loyihalarda O‘zbekiston tomonining ishtirok etish istiqbollari, shuningdek, qurg‘oqchilikni monitoring qilish va erta ogohlantirish bo‘yicha mintaqaviy tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha mumkin bo‘lgan tashabbuslar ko‘rib chiqildi”, — deyiladi xabarda.
Laslo Orlosh institut Toshkentning bu boradagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirib, O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari, shuningdek, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlik qilish muhimligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma loyihalarni tayyorlash va o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan qator ilmiy tadbirlarni o‘tkazish masalalarini muhokama qilish uchun institut delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
“Uchrashuv umumiy ekologik muammolarni hal qilishda tomonlarning faol o‘zaro hamkorlik va sheriklik munosabatlarini rivojlantirish istagini tasdiqladi”, — deya qo‘shimcha qildi agentlik.
Yangiliklar lentasi
0