https://oz.sputniknews.uz/20240810/shahrisabz-yoshlar-ekologiya-va-turizm-xalqaro-qurultoyi-45123398.html
Shahrisabzda yoshlar ekologiya va turizm xalqaro qurultoyi rasman ochildi
Shahrisabzda yoshlar ekologiya va turizm xalqaro qurultoyi rasman ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Qurultoyda O‘zbekistonning barcha hududlaridan tashrif buyurgan jami 1000 nafardan ortiq yoshlardan iborat jamoalar ishtirok etmoqda. Qurultoy 13-avgustgacha davom etadi.
2024-08-10T13:30+0500
2024-08-10T13:30+0500
2024-08-10T13:30+0500
jamiyat
o‘zbekiston
ekologiya
turizm
yoshlar
qashqadaryo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/0a/45122749_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_574b9eb26b20cc3a619ff171a552942c.jpg
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Kecha, 9-avgust kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida “Yoshlar - kelajak bunyodkorlari!” III ekologiya va turizm xalqaro qurultoyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Tadbirni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari Iskandar Qutbiddinov va Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov ochib berdi.Marosimda Amir Temur siymosidagi tarixiy chiqishlar, konsert dasturi, ko‘rgazmali shoular namoyish etildi.Qurultoyda O‘zbekistonning barcha hududlaridan tashrif buyurgan jami 1000 nafardan ortiq yoshlardan iborat jamoalar ishtirok etmoqda. Qurultoy 13-avgustgacha davom etadi.Qurultoy yakunida faol ishtirok etgan guruhlar va hudud jamoalari vakillari diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Shu bilan birga, qurultoy ishtirokchilarining har biriga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligining maxsus sertifikati topshiriladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/0a/45122749_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_df3022f7bcce35b777896b351967f840.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shahrisabz yoshlar ekologiya va turizm xalqaro qurultoyi
shahrisabz yoshlar ekologiya va turizm xalqaro qurultoyi
Shahrisabzda yoshlar ekologiya va turizm xalqaro qurultoyi rasman ochildi
Qurultoyda O‘zbekistonning barcha hududlaridan tashrif buyurgan jami 1000 nafardan ortiq yoshlardan iborat jamoalar ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Kecha, 9-avgust kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida “Yoshlar - kelajak bunyodkorlari!” III ekologiya va turizm xalqaro qurultoyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Tadbirni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari Iskandar Qutbiddinov va Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov ochib berdi.
“Bugungi qurultoy ham yoshlarning iqtidorini, salohiyatini yuzaga chiqarish, yangidan-yangi g‘oyalarni kashf qilish, yoshlarni ekologiya va turizm sohalari rivoji uchun birlashtirishga xizmat qiladi”, - dedi Iskandar Qutbiddinov.
Marosimda Amir Temur siymosidagi tarixiy chiqishlar, konsert dasturi, ko‘rgazmali shoular namoyish etildi.
Qurultoyda O‘zbekistonning barcha hududlaridan tashrif buyurgan jami 1000 nafardan ortiq yoshlardan iborat jamoalar ishtirok etmoqda. Qurultoy 13-avgustgacha davom etadi.
Qurultoy yakunida faol ishtirok etgan guruhlar va hudud jamoalari vakillari diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Shu bilan birga, qurultoy ishtirokchilarining har biriga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligining maxsus sertifikati topshiriladi.