https://oz.sputniknews.uz/20240809/ozbekistonlik-shifokorlar-rossiya-universiteti-klinik-ordinatura-45105527.html
O‘zbekistonlik shifokorlar Rossiya universiteti klinik ordinaturasida bepul tahsil oladi
O‘zbekistonlik shifokorlar Rossiya universiteti klinik ordinaturasida bepul tahsil oladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik shifokorlar Rossiya universiteti klinik ordinaturasida bepul tahsil oladi
2024-08-09T11:42+0500
2024-08-09T11:42+0500
2024-08-09T12:45+0500
o‘zbekiston - rossiya
ta’lim
hamkorlik
shifokor
universitet
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1a/29488008_2:81:1238:776_1920x0_80_0_0_324f5ba5403e174645d59537f53128e3.jpg
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik bir guruh shifokorlar N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti klinik ordinaturasida bepul tahsil oladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari kelishuviga asosan 2024/2025 o‘quv yili uchun universitetning 52 ta ordinatura mutaxassisligiga O‘zbekiston fuqarolarini o‘qishga qabul jarayoni tashkil etiladi. Ordinatura mutaxassisliklariga dastlabki tanlov (suhbat)da qatnashish istagini bildirgan “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilari hujjatlarini topshiradi. 16-18 avgust kunlari har bir tibbiyot oliy ta’lim muassasasida dastlabki tanlovdan o‘tkazish bo‘yicha Ishchi guruh shakllantirilib, talabgorlar rus tilida dastlabki tanlovdan o‘tkaziladi. N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetining mutaxassisliklari bo‘yicha 2-yil tahsil olib kelgan shifokorlarga o‘qishdan so‘ng O‘zbekistonga qaytib, 5-yil ishlab berish majburiyati yuklatiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20240723/samdu-russia-talim-talaba-turizm-dastur-44913051.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1a/29488008_300:100:1118:714_1920x0_80_0_0_7f31ade8b329a31970b7574276ba0cb2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonlik shifokorlar rossiya universiteti n.i.pirogov nomidagi rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti
o‘zbekistonlik shifokorlar rossiya universiteti n.i.pirogov nomidagi rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti
O‘zbekistonlik shifokorlar Rossiya universiteti klinik ordinaturasida bepul tahsil oladi
11:42 09.08.2024 (yangilandi: 12:45 09.08.2024) Shifokorlarga o‘qishdan so‘ng O‘zbekistonga qaytib, 5-yil ishlab berish majburiyati yuklatiladi.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik bir guruh shifokorlar N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti klinik ordinaturasida bepul tahsil oladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari kelishuviga asosan 2024/2025 o‘quv yili uchun universitetning 52 ta ordinatura mutaxassisligiga O‘zbekiston fuqarolarini o‘qishga qabul jarayoni tashkil etiladi.
Klinik ordinatura tanlovida yuqori ball olib o‘qishga qabul qilingan O‘zbekistonning 35 nafar fuqarosi uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg‘armasi fondi hisobidan klinik ordinatorning borish-kelish aviachiptasi (bir martalik), kunlik safar xarajatlari hamda o‘qish to‘lov-kontrakt summasi qoplanishi belgilandi.
Ordinatura mutaxassisliklariga dastlabki tanlov (suhbat)da qatnashish istagini bildirgan “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilari hujjatlarini topshiradi. 16-18 avgust kunlari har bir tibbiyot oliy ta’lim muassasasida dastlabki tanlovdan o‘tkazish bo‘yicha Ishchi guruh shakllantirilib, talabgorlar rus tilida dastlabki tanlovdan o‘tkaziladi.
20 avgustgacha Ishchi guruh tomonidan tanlovda ishtirok etishga tavsiya etilgan abituriyentlar hujjatlarini ordinatura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha e’lon qilingan veb-saytda topshirish va ro‘yxatdan o‘tish jarayoni olib boriladi. 22-24 avgust kunlari abituriyentlarning ordinatura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha onlayn formatdagi test sinovlarida ishtirok etishlari markazlashgan holda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti hududida tashkil etiladi.
N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetining mutaxassisliklari bo‘yicha 2-yil tahsil olib kelgan shifokorlarga o‘qishdan so‘ng O‘zbekistonga qaytib, 5-yil ishlab berish majburiyati yuklatiladi.