Mirziyoyev Yaponiyada kuchli zilzila ro‘y bergani va sunami kutilayotganidan xavotir bildirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaRassmotreni voprosi blagoustroystva maxalley
Rassmotreni voprosi blagoustroystva maxalley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2024
Obuna bo‘lish
Kishidaning O‘zbekistonga rejalashtirilgan rasmiy tashrifi muddatlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi qaror to‘liq tushunilishi ta’kidlandi.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-avgust kuni yapon tomonining tashabbusi bilan Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari Yaponiyaning janubi-sharqida kuchli zilzila ro‘y bergani va sunami kutilayotganidan xavotir bildirdi.
O‘zbekiston Yaponiya tomonining "Markaziy Osiyo + Yaponiya" birinchi sammitini o‘tkazish va bosh vazir Kishidaning joriy yil 10-11 avgust kunlariga rejalashtirilgan rasmiy tashrifi muddatlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorini to‘liq tushunishi ta’kidlandi.
Tayyorgarlik tadbirlarini davom ettirish va tashrifni tashkil etishning yangi muddatlarini diplomatik kanallar orqali kelishishga ahdlashib olindi.
Yangiliklar lentasi
0