O‘zbekiston BMT Taraqqiyot dasturi bilan yangi loyihalarni ishga tushiradi — tafsilotlar

Obuna bo‘lish
"Aral wetlands” doirasida 8 ta muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga professional uskunalar topshirildi.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda yangi loyihalarni ishga tushirmoqda, deya xabar berdi Ekologiya vazirligi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Uchrashuvda Ekologiya vazirligi va BMT TD o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, umumiy qiymati 10 million dollardan ortiq qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, bioxilma-xillikni asrash, Orolbo‘yining suv-botqoq yerlari, o‘rmonzorlar barpo etish, chiqindilar va xavfli kimoviy moddalar bilan ishlash va boshqa yo‘nalishlarda umumiy budjeti 20 million dollar bo‘lgan yangi loyihalarni ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi”, — deyiladi xabarda.

Uchrashuvda “Yashil Makon" tashabbusini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun bosh rejalashtirish va innovatsion moliyaviy yechimlar loyihasi doirasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
Shuningdek, 2025-yilda ishga tushiriladigan kichik grantlar dasturining navbatdagi bosqichini boshlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
© Ministerstvo Ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata respubliki Uzbekistan
Podpisano soglashenie o zapuske novix proyektov s PROON - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Ministerstvo Ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata respubliki Uzbekistan
Podpisano soglashenie o zapuske novix proyektov s PROON - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Ministerstvo Ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata respubliki Uzbekistan
Podpisano soglashenie o zapuske novix proyektov s PROON - Sputnik O‘zbekiston
3/3
Uchrashuv yakunida Ekologiya vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi va “GEF”ning qo‘shma loyihasi — "Aral wetlands” doirasida 8 ta muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga professional uskunalar topshirildi.
Yangiliklar lentasi
0