ShHT ASEAN bilan hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochishga tayyor — Chjan Min

© Sputnik / Zafar Xalilov / Mediabankka o‘tishForum glav regionov ShOS.
Forum glav regionov ShOS. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2024
Obuna bo‘lish
Chjan Min ASEANga qo‘shni va do‘st sifatida ShHT ikki mintaqa o‘rtasidagi uzoq muddatli aloqalarni va o‘sib borayotgan hamkorlikni chuqur qadrlashini ta’kidladi.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) bilan hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochishga tayyor. Bu haqda tashkilot bosh kotibi Chjan Min ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Bugun, 8-avgust ASEAN kuni nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Chjan Min ASEAN bosh kotibi Kao Kimxornga tabrik yo‘lladi.
Chjan Min ASEANga qo‘shni va do‘st sifatida ShHT ikki mintaqa o‘rtasidagi uzoq muddatli aloqalarni va o‘sib borayotgan hamkorlikni chuqur qadrlashini ta’kidladi.
“Biz o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochishga tayyormiz”, — dedi Chjan Min.
Chjan Minning so‘zlariga ko‘ra, ShHT va ASEAN hamkorlikda ishlash orqali tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, shuningdek, turli mamlakatlar xalqlari farovonligini ta’minlashga hissa qo‘shishga qodir.
Flagi ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2024
Shanxay hamkorlik tashkiloti “ShHT plyus” formatini joriy etishda davom etadi
Yangiliklar lentasi
0