https://oz.sputniknews.uz/20240808/shavkat-mirziyoev-kazakhstan-oliy-davlat-mukofot-45091737.html
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yetakchisi Qozog‘iston bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun taqdirlandi. 08.08.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-08-08T15:13+0500
2024-08-08T15:13+0500
2024-08-08T15:13+0500
siyosat
o‘zbekiston
qozog‘iston
shavkat mirziyoyev
qasim-jomart toqayev
mukofot
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/08/45090910_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_7d577705d9db553e8f4b2be50c9bec45.jpg
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Qozog‘iston Respublikasining oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati. Tashrif dasturi doirasida Ostonada O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Qozog‘istonning "Oltin Qiron" (“Oltin burgut”) ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Oliy davlat mukofotni O‘zbekiston yetakchisiga prezident Qasim-Jomart Toqayev tantanali ravishda topshirdi. Toqayevning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonda Shavkat Mirziyoyevni o‘zbek xalqining haqiqiy yetakchisi, xalqaro siyosat arbobi, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk davlat arbobi sifatida bilish va hurmat qilishadi.Ma’lumot uchun, "Oltin Qiron" oliy ordeni bilan davlat arboblari Qozog‘iston bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun taqdirlanadi.
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/08/45090910_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_a51657c84917c5cb4bb8b9374ac94678.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, qozog‘iston, shavkat mirziyoyev, qasim-jomart toqayev, mukofot
siyosat, o‘zbekiston, qozog‘iston, shavkat mirziyoyev, qasim-jomart toqayev, mukofot
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston yetakchisi Qozog‘iston bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun taqdirlandi.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Qozog‘iston Respublikasining oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Tashrif dasturi doirasida Ostonada O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Qozog‘istonning "Oltin Qiron" (“Oltin burgut”) ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Oliy davlat mukofotni O‘zbekiston yetakchisiga prezident Qasim-Jomart Toqayev tantanali ravishda topshirdi.
Toqayevning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonda Shavkat Mirziyoyevni o‘zbek xalqining haqiqiy yetakchisi, xalqaro siyosat arbobi, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk davlat arbobi sifatida bilish va
hurmat qilishadi.“Davlatimiz rahbari ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi nomidan samimiy minnatdorlik bildirib, bunday yuksak mukofot ikki xalqning ko‘p asrlik chinakam do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalarini mustahkamlash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarga berilgan baho, shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston munosabatlarini yangi tarixiy bosqich - strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga olib chiqish sari mushtarak intilishlarning e’tirofi ekanini ta’kidladi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, "Oltin Qiron" oliy ordeni bilan davlat arboblari Qozog‘iston bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun taqdirlanadi.