Qabul qilingan qonunchilik hujjatlarini “tinglash” imkoniyati yaratildi

© AppleApple vipustila bolshie naushniki za 63 tisachi rubley
Apple vipustila bolshie naushniki za 63 tisachi rubley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2024
Obuna bo‘lish
Milliy qonunchilik bazasida matnlarni tinglash funksiyasini ishga tushirdi.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Endi O‘zbekiston qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasidagi (lex.uz) hujjatlarni audioformatda tinglash mumkin, deya xabar berdi "Huquqiy axborot" Telegram-kanali.
“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda Lex.uzda matnlarni tinglash funksiyasini ishga tushirdi.
“Endi milliy qonunchilik bazasidan foydalanish yanada qulay va oson – istalgan hujjatni tinglashingiz mumkin”, — deyiladi xabarda.
Bunga o‘zbek tili modeli asosida yaratilgan sun’iy intellekt imkoniyatlari yordam beradi. Ovozli eshitish imkoniyatidan foydalanish uchun hujjat matni o‘ng tarafidagi uch nuqta orqali “Audioni tinglash” tugmasini tanlash kerak. Ushbu funksiya endigina ishga tushirilgani uchun hujjatni o‘qishda xatolik kuzatilishi mumkin.

“Bunday taqdirda hujjat matni o‘ng tarafidagi uch nuqta orqali “Hujjatga taklif yuborish” tugmasini bosib, taklif turidan texnik xatolikni tanlagan holda xato va kamchilik haqda bizni xabardor qilishingizni so‘rab qolamiz”, — deya qayd etilgan xabarda.

Shu bilan birga, tarjima dasturlarini integratsiya qilish orqali sun’iy intellekt imkoniyatlaridan kelib chiqib, hujjatlarni ingliz, rus va boshqa xorijiy tillarga onlayn tarjima qilish mumkin. Bunda tarjima sifatini baholash tugmasidan foydalanib, tarjima sifatini yanada oshirishga ko‘maklashish ham mumkin.
Qolaversa, yaqin kunlarda hujjatlarni ovozli qidiruv yordamida topish va tinglash mumkin bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0