Isroil “Hizbulloh”ga nomutanosib javob bilan tahdid qildi

© AP Photo / Israel Defense ForcesIzrailskie voyennie vo nazemnoy operatsii v sektore Gaza
Izrailskie voyennie vo nazemnoy operatsii v sektore Gaza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2024
Obuna bo‘lish
Isroil “Hizbulloh” tinch aholiga zarar yetkazsa, javob qaytarish bilan tahdid qildi.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Isroil AQShga agar “Hizbulloh” harakati Isroilga qarshi javob choralari doirasida isroillik tinch aholiga zarar yetkazsa, u "nomutanosib ravishda yuqori narx" to‘lashini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti "Axios" nashriga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, yaqinda Isroil tomoni Amerika tomonini “Hizbulloh” Isroil markazidagi harbiy bazalarga hujum qilishga urinsa, aholi gavjum hududlarga zarba berishi mumkinligidan xavotirda ekani haqida ogohlantirgan edi.
Xususan, Isroil rasmiylari harakat tomonidan "aniq bo‘lmagan" raketa hujumlariga ishora qildi.

"AQSh bilan ichki muzokaralarda Isroil qayd etdi ... "Hizbulloh" o‘zining javob chorasi sifatida tinch aholiga zarar yetkazsa, nomutanosib darajada yuqori narx to‘laydi”, — deya isroillik yuqori martabali amaldorning so‘zlarini keltirdi nashr.

Isroil-Livan chegarasidagi vaziyat 2023-yil oktabr oyida G‘azo sektorida Isroil harbiy amaliyotlari boshlanganidan keyin yomonlashdi. Isroil armiyasi va Livan “Hizbulloh” jangarilari chegaradagi hududlarda har kuni bir-birlarining pozitsiyalariga o‘q uzmoqda. Livan Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning o‘qqa tutishi tufayli Livan janubida 100 mingga yaqin odam uyini tark etishga majbur bo‘lgan. Isroil tomonining xabar berishicha, Isroil shimolining 80 mingga yaqin aholisi xuddi shunday vaziyatga tushib qolgan.
Yangiliklar lentasi
0