https://oz.sputniknews.uz/20240807/uzbekistan-temir-yol-rejalar-45063864.html
O‘zbekistonning temir yo‘l sohasidagi rejalari ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonning temir yo‘l sohasidagi rejalari ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Qayd etilishicha, keyingi vaqtlarda yo‘lovchi vagonlarining ahvoli, sovutish tizimidagi muammolar bo‘yicha ko‘p e’tirozlar bo‘lmoqda.
2024-08-07T11:16+0500
2024-08-07T11:16+0500
2024-08-07T13:45+0500
jamiyat
o‘zbekiston
temir yo‘l
poyezd qatnovi
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/07/45068004_0:151:3105:1897_1920x0_80_0_0_ba2ba14fa2991c760ce065f619aed042.jpg
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev temir yo‘l sohasida olib borilayotgan ishlar va kelgusi rejalarga oid taqdimot bilan tanishdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati. Aytilishicha, keyingi vaqtlarda yo‘lovchi vagonlarining ahvoli, sovutish tizimidagi muammolar bo‘yicha ko‘p e’tirozlar bo‘lmoqda. 143 ta vagon ta’mirtalab. 59 ta lokomotiv xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan. Mutasaddilar ushbu mablag‘lar hisobidan poyezdlar parkini yangilash rejalari bo‘yicha axborot berdi. Qayd etilishicha, Toshkentdan Nukusga tezurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Natijada yo‘lovchilarning manzilga yetib borish vaqti 16 soatdan 7 soatgacha qisqaradi. Ta’kidlanishicha, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibida infratuzilma, vagon xizmati, yo‘lovchilarni tashish kabilar bilan shug‘ullanuvchi 6 ta mustaqil korxona ish boshladi. Poyezdlar tarkibiga 1 ming 40 ta yangi yuk va 45 ta yo‘lovchi vagoni qo‘shildi. Ichki yo‘nalishda yuk tashish muddati 2 karra qisqardi. “Keles” stansiyasida qo‘shimcha 2 ta elektrlashgan yo‘lni qurish orqali Toshkent atrofida poyezdlarni o‘tkazish imkoniyati 30 foizga oshdi. Ilgari yillar davomida zararga ishlab kelgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” bu islohotlar natijasida foyda ko‘rishga o‘tdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/07/45068004_187:0:2916:2047_1920x0_80_0_0_0f6fd3a469817d0b35cc5896ef05c112.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston temir yo‘l reja
o‘zbekiston temir yo‘l reja
O‘zbekistonning temir yo‘l sohasidagi rejalari ma’lum bo‘ldi
11:16 07.08.2024 (yangilandi: 13:45 07.08.2024) Qayd etilishicha, keyingi vaqtlarda yo‘lovchi vagonlarining ahvoli, sovutish tizimidagi muammolar bo‘yicha ko‘p e’tirozlar bo‘lmoqda.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev temir yo‘l sohasida olib borilayotgan ishlar va kelgusi rejalarga oid taqdimot bilan tanishdi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Aytilishicha, keyingi vaqtlarda yo‘lovchi vagonlarining ahvoli, sovutish tizimidagi muammolar bo‘yicha ko‘p e’tirozlar bo‘lmoqda. 143 ta vagon ta’mirtalab. 59 ta lokomotiv xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan.
“Shuning uchun yangi yo‘lovchi vagonlar ishlab chiqarishga Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasidan 50 million dollar ajratilmoqda. 38 ta lokomotiv olib kelish va 12 ta elektrovozni modernizatsiya qilish bo‘yicha xitoylik hamkorlar bilan 181 million dollarlik kelishuvga erishilgan”, — deyiladi xabarda.
Mutasaddilar ushbu mablag‘lar hisobidan poyezdlar parkini yangilash rejalari bo‘yicha axborot berdi.
Qayd etilishicha, Toshkentdan Nukusga tezurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
“Buning uchun Janubiy Koreyaning "Hyundai Rotem" kompaniyasidan 6 ta zamonaviy elektropoyezd olib kelinishi belgilangan. Hozirgi kunda uzunligi 465 kilometr bo‘lgan “Buxoro-Urganch-Xiva” temir yo‘li elektrlashtirilmoqda va buni yil oxirigacha yakunlash mo‘ljallangan. Kelgusi yillarda 196 kilometrlik “Miskin-Nukus” tarmog‘i elektrlashtiriladi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Natijada yo‘lovchilarning manzilga yetib borish vaqti 16 soatdan 7 soatgacha qisqaradi.
Ta’kidlanishicha, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibida infratuzilma, vagon xizmati, yo‘lovchilarni tashish kabilar bilan shug‘ullanuvchi 6 ta mustaqil korxona ish boshladi.
Poyezdlar tarkibiga 1 ming 40 ta yangi yuk va 45 ta yo‘lovchi vagoni qo‘shildi. Ichki yo‘nalishda yuk tashish muddati 2 karra qisqardi. “Keles” stansiyasida qo‘shimcha 2 ta elektrlashgan yo‘lni qurish orqali Toshkent atrofida poyezdlarni o‘tkazish imkoniyati 30 foizga oshdi.
Ilgari yillar davomida zararga ishlab kelgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” bu islohotlar natijasida foyda ko‘rishga o‘tdi.