https://oz.sputniknews.uz/20240806/zelenskiy-mojaro-tugash-bayonot-45055516.html
Zelenskiy mojaroning tugashi haqida kutilmagan bayonot berdi
Zelenskiy mojaroning tugashi haqida kutilmagan bayonot berdi
Sputnik O‘zbekiston
Zelenskiy: bu yil biz mojaroga barham berish uchun baza tayyorlashimiz kerak.
2024-08-06T15:18+0500
2024-08-06T15:18+0500
2024-08-06T15:18+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
ukraina
vladimir zelenskiy
rossiya
vladimir putin
lugansk xalq respublikasi (lxr)
donesk xalq respublikasi (dxr)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1e/40478271_456:251:3072:1723_1920x0_80_0_0_0cf95201e6e9cfafed1b118cc85d2557.jpg
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Moskva bilan muzokaralar o‘tkazishdan doimiy ravishda bosh tortishiga qaramay, shu yilning o‘zidayoq Rossiya bilan tinchlik o‘rnatish uchun zamin tayyorlash kerakligini ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti. Avvalroq Vladimir Zelenskiy butun dunyo va uning o‘zi Ukrainadagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha Rossiyaning navbatdagi anjumanda ishtirok etishini istashini tan olgandi. Moskva bir necha bor mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishni taklif qilgan, biroq Kiyev rejimi ularga qonunchilik darajasida taqiq joriy qilgan. Iyun oyi o‘rtalarida davlat Rossiya yetakchisi Ukrainadagi mojaroga tinch yo‘l bilan barham berish tashabbusi bilan chiqdi. Uning ta’kidlashicha, muzokaralarni boshlash uchun Kiyev rejimi o‘z qo‘shinlarini Rossiyaning yangi hududlari – DXR, LXR, Xerson va Zaporojye viloyatlarining butun hududidan olib chiqib ketishi kerak. Prezident bu shart kelishilganidan keyin jangovar harakatlar darhol to‘xtatilishini ta’kidladi. Bundan tashqari, Kiyev NATOga qo‘shilish rejalari rad etilgani haqida rasman ma’lum qilishi kerak – Moskva kelishuvga erishish uchun qo‘shni davlatning neytral, qo‘shilmaslik, yadro qurolidan xoli maqomiga muhtoj. Zelenskiy ofisi Putinning takliflarini rad etib, bu tashabbus go‘yoki Ukrainaning o‘z subyektivligidan voz kechishini nazarda tutayotganini aytdi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Zelenskiy Ukrainaga qo‘shni davlatlar Moskvaning ehtimoliy reaksiyasi tufayli Rossiya raketalarini urib tushirishdan qo‘rqishini aytgandi.
https://oz.sputniknews.uz/20240804/qodirov-ukraine-kuchlar-bayonot-45037577.html
ukraina
lugansk xalq respublikasi (lxr)
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1e/40478271_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_9fe3927e5a6a3e755cfa2c33f6bd5cf9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
zelenskiy mojaro ukraina rossiya putin
zelenskiy mojaro ukraina rossiya putin
Zelenskiy mojaroning tugashi haqida kutilmagan bayonot berdi
Zelenskiy: bu yil biz mojaroga barham berish uchun baza tayyorlashimiz kerak.
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Moskva bilan muzokaralar o‘tkazishdan doimiy ravishda bosh tortishiga qaramay, shu yilning o‘zidayoq Rossiya bilan tinchlik o‘rnatish uchun zamin tayyorlash kerakligini ma’lum qildi, deb yozmoqda
RIA Novosti. “Bizning doimiy maqsadimiz – bu yil mojaroni adolatli tugatish uchun haqiqiy baza tayyorlash”, — deydi u.
Avvalroq Vladimir Zelenskiy butun dunyo va uning o‘zi Ukrainadagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha Rossiyaning navbatdagi anjumanda ishtirok etishini istashini tan olgandi. Moskva bir necha bor mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishni taklif qilgan, biroq Kiyev rejimi ularga qonunchilik darajasida taqiq joriy qilgan.
Iyun oyi o‘rtalarida davlat Rossiya yetakchisi Ukrainadagi mojaroga tinch yo‘l bilan barham berish tashabbusi bilan chiqdi.
Uning ta’kidlashicha, muzokaralarni boshlash uchun Kiyev rejimi o‘z qo‘shinlarini Rossiyaning yangi hududlari – DXR, LXR, Xerson va Zaporojye viloyatlarining butun hududidan olib chiqib ketishi kerak. Prezident bu shart kelishilganidan keyin jangovar harakatlar darhol to‘xtatilishini ta’kidladi.
Bundan tashqari, Kiyev NATOga qo‘shilish rejalari rad etilgani haqida rasman ma’lum qilishi kerak – Moskva kelishuvga erishish uchun qo‘shni davlatning neytral, qo‘shilmaslik, yadro qurolidan xoli maqomiga muhtoj. Zelenskiy ofisi Putinning takliflarini rad etib, bu tashabbus go‘yoki Ukrainaning o‘z subyektivligidan voz kechishini nazarda tutayotganini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Zelenskiy Ukrainaga qo‘shni davlatlar Moskvaning ehtimoliy reaksiyasi tufayli Rossiya raketalarini urib tushirishdan
qo‘rqishini aytgandi.