O‘zbekiston Rossiyadan sayyohlar oqimini oshiradi — Turizm qo‘mitasi

© UNWTOTuristicheskiy kompleks "Silk Road Samarkand" v Samarkande.
Turisticheskiy kompleks Silk Road Samarkand v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2024
Obuna bo‘lish
Sayyohlik oqimini oshirish maqsadida Vladivostokda “Road show” tadbiri tashkil etildi.
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Bu yil O‘zbekistonda rossiyalik sayyohlar soni 1 million kishiga yetkaziladi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalamov ma’lum qildi.
“Rossiyada O‘zbekiston turizm yili” doirasida, hamda respublikaning turizm salohiyatini targ‘ib qilish va sayyohlik oqimini oshirish maqsadida Vladivostokda “Road show” tashkil etildi.

“Bizning Qo‘mitamiz bu yil rossiyalik sayyohlar sonini 1 million kishiga yetkazish maqsadini qo‘ydi. Buning uchun tegishli infratuzilmalar va turli aviakatnovlar yaratiladi. Hozirda Rossiya shaharlari o‘rtasida haftada 300 taga yaqin reys mavjudligini aytib o‘tmoqchiman. Ikki mamlakat fuqarolari orasida qiziqish bor va, menimcha, biz Primorsk o‘lkasi rahbariyati bilan birga turizm kompaniyalari va tadbirkorlarga zarur yordam ko‘rsatamiz, ularni kelishishga, hamkorlikda rivojlanishga va olg‘a intilishga yordam beramiz”, — dedi Jamshid Abdusalomov.

Tadbirda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi yillarda respublikada turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, yangi sayyohlik yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.
“B2B va B2G formatidagi uchrashuvlar O‘zbekiston va Rossiya turizm sohasi vakillari uchun tajriba almashish va yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish uchun tashkil etildi, natijada ikki tomonlama kelishuvlarga erishildi”, — deyilgan xabarda.
Tadbirda, shuningdek, o‘zbek gastronomik turizmining taqdimoti va milliy cholg‘u ansambli ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston bu yil 11 million xorijiy sayyohni jalb qilishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingan edi. Turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish va turizm infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Ibrohim Barnayevning Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, o‘tgan yili bir nafar sayyohning O‘zbekistondagi o‘rtacha xarajati 326 dollarni tashkil qilgan.
Kak Kashkadarya namerena uvelichit turpotok v 5 raz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2024
Geologiya, sanoat va harbiy turizm: O‘zbekiston yangi sayyohat manzillarini ochishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0