https://oz.sputniknews.uz/20240806/uzbekistan-futzal-jahon-chempionat-45062090.html
O‘zbekistonda o‘tadigan futzal bo‘yicha jahon chempionatiga 4 mingdan ortiq chipta sotildi
O‘zbekistonda o‘tadigan futzal bo‘yicha jahon chempionatiga 4 mingdan ortiq chipta sotildi
Sputnik O‘zbekiston
Musobaqa doirasida jami 52 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
2024-08-06T18:12+0500
2024-08-06T18:12+0500
2024-08-06T18:12+0500
sport
o‘zbekiston
futzal
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/17/36260283_0:162:1280:882_1920x0_80_0_0_d5ffc56add2656acb2aaec8336247850.jpg
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha jahon chempionatiga 4 mingdan ortiq chipta sotildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.O‘zbekistonda futzal bo‘yicha 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati boshlanishiga 38 kun qoldi. Tadbir joriy yilning 14-sentabr kuni boshlanib, 6-oktabrga qadar davom etadi.Shu tariqa, bugungi kunga qadar futzal bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlariga 4,5 mingdan ortiq chipta sotilgan. O‘yinlar O‘zbekistonning uchta shahri: Andijon, Buxoro va Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Turnirda dunyoning eng kuchli 24 ta jamoasi ishtirok etadi.Musobaqa doirasida jami 52 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi, shundan 27 tasi Toshkentda, 17 tasi Buxoroda va 8 tasi Andijonda. O‘yinlarda 39 nafar xalqaro hakamlar ishlaydi.Keng ko‘lamli tadbirni o‘tkazish uchun 2 ming nomzod orasidan tanlab olingan 500 nafar ko‘ngilli jalb etildi.Ma’lumot uchun, chempionatning ochilish uchrashuvi 14-sentabr kuni O‘zbekiston va Gollandiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2024-yilgi futzal bo‘yicha jahon chempionati uchun OAVlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonini boshladi. Jurnalistlar FIFA rasmiy saytining media bo‘limida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.Jahon chempionati chiptalari egalarini tasdiqlash va akkreditatsiyadan o‘tkazish federatsiyaning OAV bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Hujjatlarni qabul qilish 16-avgustgacha davom etadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Elina Beknazarova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34373478_53:49:246:242_100x100_80_0_0_4661e2aa843f1829b45af36de3f2b1ba.png
Elina Beknazarova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34373478_53:49:246:242_100x100_80_0_0_4661e2aa843f1829b45af36de3f2b1ba.png
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/17/36260283_189:306:957:882_1920x0_80_0_0_90bd4b1f13b6d0e5d2ad552bcfa44eda.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Elina Beknazarova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34373478_53:49:246:242_100x100_80_0_0_4661e2aa843f1829b45af36de3f2b1ba.png
o‘zbekiston futzal jahon chempionati chipta o‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi
o‘zbekiston futzal jahon chempionati chipta o‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi
O‘zbekistonda o‘tadigan futzal bo‘yicha jahon chempionatiga 4 mingdan ortiq chipta sotildi
Eksklyuziv
Musobaqa doirasida jami 52 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha jahon chempionatiga 4 mingdan ortiq chipta sotildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
O‘zbekistonda futzal bo‘yicha 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati boshlanishiga 38 kun qoldi. Tadbir joriy yilning 14-sentabr kuni boshlanib, 6-oktabrga qadar davom etadi.
Shu tariqa, bugungi kunga qadar futzal bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlariga 4,5 mingdan ortiq chipta sotilgan. O‘yinlar O‘zbekistonning uchta shahri: Andijon, Buxoro va Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Turnirda dunyoning eng kuchli 24 ta jamoasi ishtirok etadi.
Musobaqa doirasida jami 52 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi, shundan 27 tasi Toshkentda, 17 tasi Buxoroda va 8 tasi Andijonda. O‘yinlarda 39 nafar xalqaro hakamlar ishlaydi.
“Hakamlar malakasini oshirish nizomlari va ishini nazorat qilish uchun mutaxassislar tayinlangan. Shu tariqa, o‘yinlarni oltmishdan ortiq kishi kuzatib boradi”, — dedi futzal bo‘yicha FIFA chempionati tashkiliy qo‘mitasining mahalliy loyihasi rahbari Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov.
Keng ko‘lamli tadbirni o‘tkazish uchun 2 ming nomzod orasidan tanlab olingan 500 nafar ko‘ngilli jalb etildi.
Ma’lumot uchun, chempionatning ochilish uchrashuvi 14-sentabr kuni O‘zbekiston va Gollandiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2024-yilgi futzal bo‘yicha jahon chempionati uchun OAVlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonini boshladi. Jurnalistlar FIFA rasmiy saytining media bo‘limida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
Jahon chempionati chiptalari egalarini tasdiqlash va akkreditatsiyadan o‘tkazish federatsiyaning OAV bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Hujjatlarni qabul qilish 16-avgustgacha davom etadi.