O‘zbekistonda avtokredit ajratish kamaydi — infografika

Obuna bo‘lish
Yilning birinchi yarmida banklar tomonidan ajratilgan avtokreditlarda salbiy dinamika kuzatildi.
Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi olti oyida O‘zbekiston banklari tomonidan 8,91 trillion so‘mlik avtokreditlar ajratilgan. Bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 2,07 baravarga kamdir.
Eng ko‘p avtokreditlar yanvar va may oylarida (1,7 trln so‘m) olingan.
Avtokreditlar berish hajmining qisqarishiga Markaziy bankning ayrim talablarni kuchaytirgani sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, mamlakat banklarining umumiy kredit portfelidagi avtokreditlarning ulushi 25 foizdan oshmasligi kerak.
Bundan tashqari, joriy yilning 1-iyulidan boshlab, agar fuqaroning qarz yuki 60 foizdan oshsa, avtokredit berishdan bosh tortiladi. 2025-yildan boshlab bu darajani 50 foizga tushirish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0