Eron Isroilga hujum qilishga tayyorlanmoqda — OAV

© Sputnik / Aleksandr VilfGosudarstvenniy flag Irana v Tegerane.
Gosudarstvenniy flag Irana v Tegerane. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2024
Obuna bo‘lish
WSJ: Eron Isroilga zarba berishga tayyorlanmoqda.
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Eron Isroilga zarba berishga tayyorlanayotgani ko‘rinib turibdi, raketa otish moslamalari yaqin kunlarda unga qarshi hujum uyushtirishi mumkinligini ko‘rsatmoqda, AQSh esa Tehrondan mojaroni kuchaytirmaslikni so‘ramoqda. Bu haqda Amerika rasmiylariga tayanib, "Wall Street Journal" xabar berdi, deya yozadi RIA Novosti.

“Dam olish kunlari (AQSh rasmiylari – tahr.) Eronning raketa uchiruvchi qurilmalari harakatlanayotganini va harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazayotganini kuzatishni boshladi, bu esa Tehron yaqin kunlarda hujum uyushtirishga tayyorlanayotganidan dalolat berishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Manbalarning aytishicha, AQShning yuqori martabali rasmiylari Tehronni mojaroni kuchaytirmaslikka chaqirmoqda va bu masalada arablardan yordam so‘ramoqda.
Flag Izrailya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2024
AQSh Isroilni ehtimoliy hujumdan himoya qilish uchun ittifoqchilarini jalb qiladi
Yangiliklar lentasi
0