Ichki yo‘llarni saqlash xizmatlari tashkil qilinadi — tafsilotlar

© Sputnik / Abdubakir YunusovOsen v Tashkente
Osen v Tashkente  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2024
Obuna bo‘lish
Hozirgi kunda 43 ming kilometr ichki yo‘llar ta’mirtalab holatda, 2 ming 354 ta ko‘prikning “egasi” aniq emas”.
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Respublikadagi 208 ta tuman va shahar Obodonlashtirish boshqarmalarida ichki yo‘llarni saqlash xizmatlari tashkil qilinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi ichki yo‘llarni saqlash va ta’mirlashga oid takliflar taqdimotida ma’lum qilindi.
Aytilishicha, mamlakatda jami 184 ming 582 kilometr avtomobil yo‘li bor. Shundan qariyb 142 ming kilometri ichki xo‘jalik yo‘llaridir.
So‘nggi to‘rt yilda ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlashga 15 trillion so‘m ajratilgan.
“Mahallalarda, chekka qishloqlarda ham ko‘chalar ravon bo‘lib, aholi farovonligiga xizmat qilmoqda. Lekin ularni saqlashga mas’ul tizim yo‘q. Chunki Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi davlat va xalqaro ahamiyatdagi yo‘l va ko‘priklar bilan shug‘ullanadi. Ichki yo‘l va ko‘priklar esa mahalliy hokimliklar balansida. Hozirgi kunda 43 ming kilometr ichki yo‘llar ta’mirtalab holatda, 2 ming 354 ta ko‘prikning “egasi” aniq emas”, — deya qayd etilgan xabarda
Shu bois tuman darajasida bu masalalarga mas’ul tizim yaratish rejalashtirilmoqda.
Taklifga ko‘ra, 208 ta tuman va shahar Obodonlashtirish boshqarmalarida ichki yo‘llarni saqlash xizmatlari tashkil qilinadi. Ular eng zarur 4 turdagi maxsus texnika bilan ta’minlanadi. Buning uchun budjetdan tegishli mablag‘ ajratish ko‘zda tutilayapti.
Tahlillarga ko‘ra, yo‘llarni saqlashga yo‘naltirilgan mablag‘ ta’mirlash xarajatini bir necha barobar qisqartiradi. Agar o‘z vaqtida pul ajratilib, ichki yo‘llar to‘g‘ri ekspluatatsiya qilinsa, ularni ta’mirlash muddatlari ham kamida 2 barobar uzayadi.
Shu bois mutasaddilarga ichki yo‘llarni saqlash va ta’mirlashni moliyalashtirish bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Yangiliklar lentasi
0