https://oz.sputniknews.uz/20240805/olimpiya-oyin-dosmatov-mullojonov-final-45041275.html
Olimpiya o‘yinlari: Do‘smatov va Mullojonov finalga yo‘l oldi
Olimpiya o‘yinlari: Do‘smatov va Mullojonov finalga yo‘l oldi
Sputnik O‘zbekiston
Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik bokschilar Hasanboy Do‘smatov va Lazizbek Mullojonov finalga yo‘l oldi.
2024-08-05T09:09+0500
2024-08-05T09:09+0500
2024-08-05T09:09+0500
sport
parij olimpiadasi
boks
hasanboy do‘smatov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/05/45040625_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_5705b29486b23351bad659098eff557b.jpg
TOShKENT, 5-avgust — Sputnik. Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik bokschilar Hasanboy Do‘smatov va Lazizbek Mullojonov finalga yo‘l oldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi. Boks bo‘yicha Rio-2016 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Hasanboy Do‘smatov ikkinchi bor Olimpiada finaliga yo‘llanma oldi. Yarim finalda Kabo-Verde vakili Daniyel de Pina bilan jang qilgan bokschi raqibidan yaqqol ustun ekanini namoyish qilib, final masalasini ijobiy hal qildi. Shuningdek, boks bo‘yicha jahon chempionati sovrindori Lazizbek Mullojonov o‘z nomini Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari finalchilari qatoriga qo‘shib qo‘ydi. Yarim finalda tojikistonlik Davlat Boltayev bilan jang qilgan bokschi o‘zining aniq va kuchli zarbalari evaziga 9-avgust kuni chempionlik uchun ringga ko‘tariladigan bo‘ldi. U finalda Ozarbayjon sharafini himoya qiluvchi kubalik bokschi Alfonso Dominges bilan baxs olib boradi.
https://oz.sputniknews.uz/20240603/uzbekistan-paris-boks-olimpiya-oyin-44196978.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/05/45040625_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_cb061b3ebde62b20864ea33f54d0b2f0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
parij-2024 yozgi olimpiya o‘yinlari bokschilar hasanboy do‘smatov lazizbek mullojonov final
parij-2024 yozgi olimpiya o‘yinlari bokschilar hasanboy do‘smatov lazizbek mullojonov final
Olimpiya o‘yinlari: Do‘smatov va Mullojonov finalga yo‘l oldi
Hasanboy Do‘smatov va Lazizbek Mullojonov Olimpiada finaliga yo‘llanma oldi.
TOShKENT, 5-avgust — Sputnik. Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik bokschilar Hasanboy Do‘smatov va Lazizbek Mullojonov finalga yo‘l oldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi
ma’lum qildi. Boks bo‘yicha Rio-2016 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Hasanboy Do‘smatov ikkinchi bor Olimpiada finaliga yo‘llanma oldi. Yarim finalda Kabo-Verde vakili Daniyel de Pina bilan jang qilgan bokschi raqibidan yaqqol ustun ekanini namoyish qilib, final masalasini ijobiy hal qildi.
Shuningdek, boks bo‘yicha jahon chempionati sovrindori Lazizbek Mullojonov o‘z nomini Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari finalchilari qatoriga qo‘shib qo‘ydi.
Yarim finalda tojikistonlik Davlat Boltayev bilan jang qilgan bokschi o‘zining aniq va kuchli zarbalari evaziga 9-avgust kuni chempionlik uchun ringga ko‘tariladigan bo‘ldi.
U finalda Ozarbayjon sharafini himoya qiluvchi kubalik bokschi Alfonso Dominges bilan baxs olib boradi.