Qozog‘iston O‘zbekistonga yuk yetkazib berishni tezlashtirdi

© Foto : press-slujba AO "Kazaxstan temir joli" Konteynerniy poyezd
Konteynerniy poyezd  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2024
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston temir yo‘llari ikki davlat prezidentlari o‘rtasidagi kelishuvlar doirasida yetkazib berish xizmatini tashkil qildi.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Qozog‘iston Xitoy – Qozog‘iston – O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha yuklarni tez yetkazib berishni tashkil qildi. Bu haqda Qozog‘iston temir yo‘llari xabar berdi.
Aytilishicha, mazkur jarayon Qozog‘iston va O‘zbekiston rahbarlarining joriy yilning aprel oyida erishgan kelishuvlari tufayli sodir bo‘ldi.
“Yangi qatnov yo‘lga qo‘yildi, bu yo‘nalish bo‘yicha jo‘natilgan konteyner poyezdi 5 kun ichida 4486 kilometr masofani bosib o‘tdi”, — deyiladi xabarda.
Yuk poyezdi Sian portidagi Qozog‘iston-Xitoy terminalidan jo‘natilgan.
Konteynerlar Xorgos quruq portida qayta yuklandi va Qozog‘iston temir yo‘llari tarmog‘i bo‘ylab Sariog‘ash chegara stansiyasigacha, so‘ngra oxirgi nuqta – O‘rta Osiyodagi yirik transport punkti – Toshkent stansiyasigacha davom etdi.
“Xitoyda Qozog‘iston temir yo‘llari terminali imkoniyatlaridan foydalanish tufayli yuklarni qisqa muddatda tashish, shuningdek, Qozog‘iston va O‘zbekiston temir yo‘l ma’muriyatlarining ikki davlat chegara infratuzilmasini kengaytirish bo‘yicha izchil o‘zaro hamkorligi ta’minlandi”, — deyiladi kompaniya xabarida.
Texnologik jarayonlarni rekonstruksiya qilish va takomillashtirish hisobiga Sariog‘ash davlatlararo stansiyasining quvvati 50 foizga oshdi.
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi asosiy yuk oqimi Sariog‘ash orqali o‘tadi. Qayd etilishicha, temir yo‘l kompaniyalari aktivlaridan foydalangan holda optimal yo‘nalishni ishlab chiqish transport-logistika imkoniyatlarini kengaytirish va ikki davlat o‘rtasidagi sheriklikni chuqurlashtirishga jiddiy turtki beradi.
Ma’lumot uchun, 2023-yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yuk tashish hajmi 31 million tonnadan ortiqni tashkil etib, 2022-yilga nisbatan 17,2 foizga o‘sdi.
Yangiliklar lentasi
0