O‘zbekistonlik tadbirkorlar qozog‘istonlik fermerlar bilan tajriba almashadi

© MIVT UzbekistanaFlagi Uzbekistana i Kazaxstana
Flagi Uzbekistana i Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2024
Obuna bo‘lish
Ikki davlat o‘rtasida agrar sohani rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik tadbirkorlar tajriba almashish maqsadida qozog‘istonlik fermer xo‘jaliklariga boradi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lum qildi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev Qozog‘istonning Astana shahrida ikki davlat agrar soha vakillari hamda tadbirkorlarining hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan uchrashuvida ishtirok etdi.
“Unda agrar sohasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish texnologiyasini yanada keng targ‘ib etish, chorvachilik va terini qayta ishlash sohasida qo‘shma hamkorlik loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilindi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, tomonlar o‘zlarining biznes taklif va tashabbuslari bilan o‘rtoqlashdi, hamkorlikning yangicha mexanizmi va shartlari yuzasidan fikrlar almashildi.
Qayd etilishicha, ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida “B2B” formatida keyingi muzokaralar davom ettiriladi.
Qolaversa, o‘zbekistonlik tadbirkorlarning tajriba almashish maqsadida qozog‘istonlik fermer xo‘jaliklariga tashrifi bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0