https://oz.sputniknews.uz/20240804/usa-russia-qarshi-tayyorgarlik-45038427.html
"Yangi yondashuv". AQSh Rossiyaga qarshi qanday tayyorgarlik ko‘rayotgani ma’lum bo‘ldi
"Yangi yondashuv". AQSh Rossiyaga qarshi qanday tayyorgarlik ko‘rayotgani ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
InfoBRICS: AQSh va NATO Rossiyaga qarshi yangi reja tayyorlamoqda.
2024-08-04T19:16+0500
2024-08-04T19:16+0500
2024-08-04T19:16+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
aqsh
nato
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/15/44886771_2:0:768:431_1920x0_80_0_0_c5082f649db04fc47bf65e0f3a9bca0b.jpg
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. AQSh va NATO Rossiyaga qarshi yangi reja tayyorlamoqda. Bu haqda RIA Novosti infoBRICS nashriga tayanib xabar berdi.Nashr buni AQSh Davlat kotibining Yevropa va Yevroosiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Jeyms O'Brayenning “NATOning yondashuvini hozirgi sharoitga moslashtirish, shu bilan birga Ukrainaning joriy proksi-nizoda “g‘alaba qozonishini” ta’minlash asosiy maqsad”, deb aytgan so‘zlariga tayanib ma’lum qildi.Xususan, alyans jangovar harakatlar davom etayotgan bir paytda Ukraina rejimini qo‘llab-quvvatlash uchun kattaroq qadamlar qo‘yish uchun o‘zgarishlarga muhtoj, deyiladi maqolada.Shuningdek, O'Brayenning so‘zlariga ko‘ra, G7 davlatlari Rossiyaning muzlatilgan barcha aktivlarini imkon qadar tezroq Kiyevga o‘tkazishi muhim. Va oxirgi qadam Ukrainaning NATOga qo‘shilishi bo‘ladi, deb yozadi infoBRICS.Maqolada qayd etilishicha, alyansning Moskvaga nisbatan “yangi strategiyasi” maqsadlari o‘zgargan taqdirdagina samarali bo‘ladi. Nashrning yozishicha, G‘arb bir qutbli dunyo tartibini saqlashga intilar ekan, tinchlik bo‘lmaydi.Bundan tashqari, agar Rossiyani o‘rab olish yoki charchatishga urinishlar to‘xtamasa, mojarolar davom etadi, chunki Moskva dushman davlatlarga o‘z fuqarolarining hayotiga tahdid solishiga yo‘l qo‘ymaydi.Moskva Rossiya G‘arbda hech kimga tahdid solmagani va tahdid solmasligini, Ukrainada o‘z manfaatlarini himoya qilayotganini bir necha bor ta’kidlagan. Vladimir Putin Taker Karlsonga bergan intervyusida ta’kidlaganidek, G‘arb siyosatchilari e’tiborni ichki muammolardan chalg‘itish uchun o‘z aholisini xayoliy Rossiya tahdidi bilan qo‘rqitmoqda. Prezident Moskva NATO davlatlariga hujum qilmoqchi emasligini, bundan foyda yo‘qligini batafsil tushuntirgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/15/44886771_105:0:680:431_1920x0_80_0_0_b5e9fe7a0ac865021a89732ea4c58385.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
infobrics aqsh nato rossiya
infobrics aqsh nato rossiya
"Yangi yondashuv". AQSh Rossiyaga qarshi qanday tayyorgarlik ko‘rayotgani ma’lum bo‘ldi
InfoBRICS: AQSh va NATO Rossiyaga qarshi yangi reja tayyorlamoqda.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. AQSh va NATO Rossiyaga qarshi yangi reja tayyorlamoqda. Bu haqda
RIA Novosti infoBRICS nashriga tayanib xabar berdi.
“Shimoliy Atlantika alyansi Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlarda yangicha yondashuvni ishlab chiqayotganga o‘xshaydi”, — deyiladi nashrda.
Nashr buni AQSh Davlat kotibining Yevropa va Yevroosiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Jeyms O'Brayenning “NATOning yondashuvini hozirgi sharoitga moslashtirish, shu bilan birga Ukrainaning joriy proksi-nizoda “g‘alaba qozonishini” ta’minlash asosiy maqsad”, deb aytgan so‘zlariga tayanib ma’lum qildi.
Xususan, alyans jangovar harakatlar davom etayotgan bir paytda Ukraina rejimini qo‘llab-quvvatlash uchun kattaroq qadamlar qo‘yish uchun o‘zgarishlarga muhtoj, deyiladi maqolada.
Shuningdek, O'Brayenning so‘zlariga ko‘ra, G7 davlatlari Rossiyaning muzlatilgan barcha aktivlarini imkon qadar tezroq Kiyevga o‘tkazishi muhim. Va oxirgi qadam Ukrainaning NATOga qo‘shilishi bo‘ladi, deb yozadi infoBRICS.
Maqolada qayd etilishicha, alyansning Moskvaga nisbatan “yangi strategiyasi” maqsadlari o‘zgargan taqdirdagina samarali bo‘ladi. Nashrning yozishicha, G‘arb bir qutbli dunyo tartibini saqlashga intilar ekan, tinchlik bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, agar Rossiyani o‘rab olish yoki charchatishga urinishlar to‘xtamasa, mojarolar davom etadi, chunki Moskva dushman davlatlarga o‘z fuqarolarining hayotiga tahdid solishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Moskva Rossiya G‘arbda hech kimga tahdid solmagani va tahdid solmasligini, Ukrainada o‘z manfaatlarini himoya qilayotganini bir necha bor ta’kidlagan. Vladimir Putin Taker Karlsonga bergan intervyusida ta’kidlaganidek, G‘arb siyosatchilari e’tiborni ichki muammolardan chalg‘itish uchun o‘z aholisini xayoliy Rossiya tahdidi bilan qo‘rqitmoqda. Prezident Moskva NATO davlatlariga hujum qilmoqchi emasligini, bundan foyda yo‘qligini batafsil tushuntirgan.