Eron Isroilga javob zarbasini qachon qaytarishi taxmin qilindi

© AP Photo / Ohad ZwigenbergVoyennoslujashie izrailskoy armii vo vremya nazemnoy operatsii v sektore Gaza 8-noyabrya 2023 goda.
Voyennoslujashie izrailskoy armii vo vremya nazemnoy operatsii v sektore Gaza 8-noyabrya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2024
Obuna bo‘lish
JP: Eron 12-13 avgust kunlari Isroilga hujum qilishni rejalashtirgan.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Eron 12-13 avgust kunlari, ya’ni Av oyining to‘qqizinchi kunida Isroilga hujum qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sky News Arabiya manbalariga tayanib The Jerusalem Post xabar bermoqda.
"Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Eron hujumi Livanda faoliyat yuritayotgan Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan "Hizbulloh" harakati bilan muvofiqlashtiriladi", — deb yozadi nashr.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, bu kungi hujum hayratlanarli elementni keltirib chiqarishi kerak, chunki Isroil xavfsizlik kuchlari diniy marosimlarni bajarayotgan bo‘lishi mumkin va hujumga tayyor bo‘lmaydi.
Av oyining to‘qqizinchi kuni — yahudiy xalqi uchun milliy motam kuni - Quddusning birinchi va ikkinchi ibodatxonalari vayron qilingan kun.
Eslatib o‘tamiz, Falastinning HAMAS harakatning Siyosiy burosi rahbari Ismoil Haniya Tehrondagi qarorgohiga Isroil tomonidan uyushtirilgan zarba natijasida halok bo‘ldi. U Eronning yangi prezidenti inauguratsiyasida ishtirok etish uchun kelgan edi.
Verxovniy lider Ayatolla Ali Xamenei na vstreche v Tegerane, Iran, 17-oktabrya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2024
Eron oliy rahbari Isroilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum qilish haqida buyruq berdi — OAV
Yangiliklar lentasi
0