“Xizmatlaringizni yuksak qadrlaymiz”. Mirziyoyev temir yo‘l transporti xodimlarini tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev 16-iyulya oznakomilsya s prezentatsiyey o merax po uluchsheniyu turisticheskoy infrastrukturi v regionax i uvelicheniyu potoka inostrannix turistov.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-iyulya oznakomilsya s prezentatsiyey o merax po uluchsheniyu turisticheskoy infrastrukturi v regionax i uvelicheniyu potoka inostrannix turistov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2024
Obuna bo‘lish
Soha rivoji uchun yanada qulay sharoitlarni yaratish, sizlarning sharafli va mashaqqatli mehnatingizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bundan buyon ham davlatimiz va jamiyatimizning e’tibor markazida bo‘ladi, deyiladi tabrikda.
TOShKENT, 3-avgust — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev temir yo‘l transporti xodimlarini tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Hurmatli do‘stlar! Avvalo, siz, azizlarni qutlug‘ kasb bayramingiz – Temir yo‘l transporti xodimlari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga o‘zimning samimiy hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman. Biz ushbu tizimda mehnat qilayotgan sizlar kabi zahmatkash ishchi va xizmatchilar, quruvchi va muhandislar, mashinist va vagon kuzatuvchilari, soha faxriylarini o‘z ishining chinakam ustalari deb bilamiz va Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatini, xalqimizning hayot sifatini oshirish yo‘lidagi xizmatlaringizni yuksak qadrlaymiz”, - deya boshlanadi tabrik.
Mirziyoyev joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasini Xorazm viloyati bilan bog‘laydigan Shovot – Qorao‘zak yangi temir yo‘l tarmog‘i hamda Amudaryo orqali o‘tadigan, temir yo‘l va avtomobillar uchun mo‘ljallangan muhtasham ko‘prik foydalanishga topshirilganini ta’kidladi.
“O‘tgan davrda 3 ming kilometrdan ziyod temir yo‘llar elektrlashtirildi. Buxoro – Urganch –Xiva hamda Miskin – Nukus temir yo‘l tarmoqlarini elektrlashtirish ishlari esa jadal davom ettirilmoqda. Shuningdek, azim poytaxtimizdan Samarqand, Buxoro, Qarshi kabi tarixiy shaharlarimizga “Afrosiyob” elektropoyezdlarining qatnovlari soni oshirilmoqda. Kelgusida bu ishlarning davomi sifatida Toshkent – Buxoro – Xiva hamda Toshkent – Chirchiq – Hojikent yo‘nalishlarida ham yuqori tezlikda harakatlanadigan poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yamiz”, - deyiladi tabrikda.
Prezidentga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonning xalqaro transport va tranzit salohiyatini yuksaltirish borasida ham yangi ufqlar ochilmoqda. Strategik ahamiyatga ega Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘lini qurish bo‘yicha amaliy ishlar boshlangani bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi.
Ta’kidlanishicha, paqamli texnologiyalar temir yo‘l transportiga ham faol joriy etilmoqda. Natijada xizmat ko‘rsatish darajasi keskin oshib bormoqda. Ayniqsa, yuklarni yetkazish vaqti sezilarli darajada qisqargani, temir yo‘l uchastkalarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati ortgani, yo‘lovchilar oqimi ko‘paygani, operatsion xarajatlar qisqargani, bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish soddalashtirilib, yuk ortish va tushirish ishlari bo‘yicha yengillashtirilgan tartib o‘rnatilganini qayd etish joiz.
“Soha rivoji uchun yanada qulay sharoitlarni yaratish, sizlarning sharafli va mashaqqatli mehnatingizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bundan buyon ham davlatimiz va jamiyatimizning e’tibor markazida bo‘ladi. Siz, azizlarni bugungi bayram bilan yana bir bor tabriklab, kelgusi faoliyatingizda yangi yutuq va omadlar, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat tilayman”, - deya yakunlangan tabrik.
Podpisanie soglasheniya po stroitelstvu j/d Kitay — Kirgizstan — Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2024
O‘zbekiston, Xitoy va Qirg‘iziston o‘rtasida temir yo‘l qurilishi bo‘yicha shartnoma imzolandi
Yangiliklar lentasi
0