https://oz.sputniknews.uz/20240802/operatsiya-va-reanimatsiya-xonalari-kameralar-45019883.html
O‘zbekistondagi barcha operatsiya va reanimatsiya xonalarida kameralar o‘rnatiladi
O‘zbekistondagi barcha operatsiya va reanimatsiya xonalarida kameralar o‘rnatiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi barcha operatsiya va reanimatsiya xonalarida kameralar o‘rnatiladi
2024-08-02T11:43+0500
2024-08-02T11:43+0500
2024-08-02T11:43+0500
jamiyat
o‘zbekiston
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
videokameralar
qaror
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/17/19376459_61:0:2918:1607_1920x0_80_0_0_0e405655d2b37bc716d99bd83c49e499.jpg
TOShKENT, 2-avgust — Sputnik. O‘zbekistondagi barcha operatsiya va reanimatsiya xonalarida kameralar o‘rnatiladi. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan Tibbiy faoliyatni litsenziyalashning yangilangan pasporti qabul qilindi. “Hukumat qaroriga muvofiq tibbiyot tashkilotlari tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifati va xavfsizligi bilan bevosita bog‘liq qator qo‘shimcha talablar joriy qilinmoqda”, - dedi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi Litsenziyalash boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Begiyev. Jumladan, Tibbiy faoliyatni litsenziyalash pasportiga litsenziya talablari va shartlari sifatida quyidagi qo‘shimchalar kiritilmoqda. Statsionar turdagi nodavlat tibbiyot tashkilotida operatsiya bo‘limi tashkil etilgan taqdirda: Bularga mos bo‘lmaslik esa ushbu talabni qo‘pol ravishda buzish, deb hisoblanadi. Bu qo‘shimcha talab esa ham bemor, ham shifokor huquqlarini himoya qilishga xizmat qilib, mahalliy tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va “xavfsiz tibbiyot” standartlarini joriy qilish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi. Tibbiy faoliyatni litsenziyalashning yangilangan pasportidagi shu va boshqa talablar 2025-yilning 1-yanvar kunidan kuchga kiradi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/17/19376459_416:0:2623:1655_1920x0_80_0_0_713e141482c8ebcfff47faa097113b61.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistondagi barcha operatsiya va reanimatsiya xonalarida kameralar o‘rnatiladi
o‘zbekistondagi barcha operatsiya va reanimatsiya xonalarida kameralar o‘rnatiladi
O‘zbekistondagi barcha operatsiya va reanimatsiya xonalarida kameralar o‘rnatiladi
Tibbiy faoliyatni litsenziyalashning yangilangan pasportidagi shu va boshqa talablar 2025-yilning 1-yanvar kunidan kuchga kiradi.
TOShKENT, 2-avgust — Sputnik. O‘zbekistondagi barcha operatsiya va reanimatsiya xonalarida kameralar o‘rnatiladi. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan Tibbiy faoliyatni litsenziyalashning yangilangan pasporti
qabul qilindi. “Hukumat qaroriga muvofiq tibbiyot tashkilotlari tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifati va xavfsizligi bilan bevosita bog‘liq qator qo‘shimcha talablar joriy qilinmoqda”, - dedi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi Litsenziyalash boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Begiyev.
Jumladan, Tibbiy faoliyatni litsenziyalash pasportiga litsenziya talablari va shartlari sifatida quyidagi qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Statsionar turdagi nodavlat tibbiyot tashkilotida operatsiya bo‘limi tashkil etilgan taqdirda:
ixtisosligi bo‘yicha kamida birinchi malakaviy toifaga ega bo‘lgan operatsiya qiluvchi xirurg;
anesteziolog-reanimatolog;
xirurgiya ixtisosligi bo‘yicha malakaviy toifaga ega bo‘lgan assistent vrach;
kamida birinchi malakaviy toifaga ega bo‘lgan anesteziologiya-reanimatologiya va operatsiya xonasi hamshirasi bo‘lishi kerak.
Bularga mos bo‘lmaslik esa ushbu talabni qo‘pol ravishda buzish, deb hisoblanadi.
Shuningdek, operatsiya va jonlantirish (reanimatsiya) xonalariga ovoz va video yozib olish imkoniyati mavjud kameralar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Mazkur yozuvlar kamida bir yil davomida litsenziatda saqlanishi hamda videoyozuvdagi axborotning oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan (bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno) shifokor sirining himoya qilinishi imkoniyatini yaratish talab etiladi.
Bu qo‘shimcha talab esa ham bemor, ham shifokor huquqlarini himoya qilishga xizmat qilib, mahalliy tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va “xavfsiz tibbiyot” standartlarini joriy qilish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.
Tibbiy faoliyatni litsenziyalashning yangilangan pasportidagi shu va boshqa talablar 2025-yilning 1-yanvar kunidan kuchga kiradi.