https://oz.sputniknews.uz/20240801/uzbekistanir-million-ish-45014988.html
O‘zbekistonda bir milliondan ortiq kishi ish bilan ta’minlanadi – batafsil
O‘zbekistonda bir milliondan ortiq kishi ish bilan ta’minlanadi – batafsil
Sputnik O‘zbekiston
Fuqarolar xizmat ko‘rsatish va savdo, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida ish topishlari mumkin bo‘ladi.
2024-08-01T18:00+0500
2024-08-01T18:00+0500
2024-08-01T18:00+0500
o‘zbekiston
jamiyat
kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
ish
yangi ish o‘rinlari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/15/21016898_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_a37f599505be3b3e614362dc03bee233.jpg
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. O‘zbekistonda joriy yil oxirigacha 1 milliondan ortiq kishini ish bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi vakillari ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Jumladan, respublikaning 68 ta tumanidagi xalqaro avtomagistrallarda joylashgan yangi xizmat ko‘rsatish va savdo obyektlarida 500 ming ish o‘rni yaratiladi.Yana 197 ming fuqaro 5 mingdan ortiq yangi investitsiya loyihalari ishga tushirilgach, doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida 670 ming kishini ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.Vazirlik mutaxassislari bunda tijorat banklari va xususiy sektor faol ishtirok etishini ta’kidladi.Shuningdek, o‘tgan 6 oy davomida respublika bo‘yicha 113 ming nafar ishsiz aholi kasbiy va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 barobar oshgan. Qolaversa, 10 ming kishi (bir yil avvalgidan 5 barobar ko‘p) chet tillariga o‘qitildi.Vazirlik ta’kidlaganidek, mehnatga layoqatli aholi o‘rtasidagi ishsizlik darajasi 2020-yildagi 10,5 foizdan 2024-yil boshiga kelib 6,8 foizgacha kamaydi. Kambag‘allik darajasi esa 2021-yildagi 17 foizdan 2024-yil boshiga kelib 11 foizga tushdi.2024 yil oxirigacha yana 90 ming kishini xorijda ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan. 115 ming ishsiz aholi esa kasb-hunar, tadbirkorlik ko‘nikmalari va xorijiy tillarga o‘qitiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Elina Beknazarova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34373478_53:49:246:242_100x100_80_0_0_4661e2aa843f1829b45af36de3f2b1ba.png
Elina Beknazarova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34373478_53:49:246:242_100x100_80_0_0_4661e2aa843f1829b45af36de3f2b1ba.png
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/15/21016898_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_1483a079ea3f176e43c4a13a1d98fa6b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Elina Beknazarova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34373478_53:49:246:242_100x100_80_0_0_4661e2aa843f1829b45af36de3f2b1ba.png
o‘zbekiston 1 million ish bilan ta’minlash kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
o‘zbekiston 1 million ish bilan ta’minlash kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
O‘zbekistonda bir milliondan ortiq kishi ish bilan ta’minlanadi – batafsil
Eksklyuziv
Fuqarolar xizmat ko‘rsatish va savdo, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida ish topishlari mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. O‘zbekistonda joriy yil oxirigacha 1 milliondan ortiq kishini ish bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi vakillari ma’lum qildi, deya xabar berdi
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Jumladan, respublikaning 68 ta tumanidagi xalqaro avtomagistrallarda joylashgan yangi xizmat ko‘rsatish va savdo obyektlarida 500 ming ish o‘rni yaratiladi.
Yana 197 ming fuqaro 5 mingdan ortiq yangi investitsiya loyihalari ishga tushirilgach, doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida 670 ming kishini ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
Vazirlik mutaxassislari bunda tijorat banklari va xususiy sektor faol ishtirok etishini ta’kidladi.
“Mamlakatimizda ishchilar mehnatini muhofaza qilishni ta’minlash maqsadida bugungi kunga qadar Xalqaro mehnat tashkilotining 22 ta konvensiyasi ratifikatsiya qilingan. Ulardan ikkitasi joriy yilning o‘tgan 6 oyida tasdiqlangan. Hozirda yana uchta konvensiyani ratifikatsiya qilish ustida ishlamoqdamiz”, – ma’lum qildi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva.
Shuningdek, o‘tgan 6 oy davomida respublika bo‘yicha 113 ming nafar ishsiz aholi kasbiy va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 barobar oshgan. Qolaversa, 10 ming kishi (bir yil avvalgidan 5 barobar ko‘p) chet tillariga o‘qitildi.
Vazirlik ta’kidlaganidek, mehnatga layoqatli aholi o‘rtasidagi ishsizlik darajasi 2020-yildagi 10,5 foizdan 2024-yil boshiga kelib 6,8 foizgacha kamaydi. Kambag‘allik darajasi esa 2021-yildagi 17 foizdan 2024-yil boshiga kelib 11 foizga tushdi.
“Joriy yilning 6 oyi davomida xorijda ishlash istagida bo‘lgan 64 ming nafar fuqaro qonuniy va xavfsiz tarzda xorijiy davlatlarga ishlashga jo‘natildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 barobar ko‘pdir”, – ta’kidladi Turdiboyeva.
2024 yil oxirigacha yana 90 ming kishini xorijda ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan. 115 ming ishsiz aholi esa kasb-hunar, tadbirkorlik ko‘nikmalari va xorijiy tillarga o‘qitiladi.