https://oz.sputniknews.uz/20240801/uzbekistan-1-avgust-45002194.html
O‘zbekistonda bugundan qanday o‘zgarishlar kuchga kiradi?
O‘zbekistonda bugundan qanday o‘zgarishlar kuchga kiradi?
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2024-yil 1-avgustdan bir qator o‘zgarishlar kuchga kiradi. Xususan, respublikada elektr energiyasini hisobga olishning yangi billing tizimi joriy etiladi, tuman va shaharlar uchun bosh rejalar ishlab chiqiladi, seysmik faol zonalarda avtotransport vositalari va motosikllarni ro‘yxatga olish tartibi o‘zgartiriladi. Batafsil — Sputnik O‘zbekiston materialida.
2024-08-01T10:15+0500
2024-08-01T10:15+0500
2024-08-01T10:28+0500
jamiyat
o‘zbekiston
kalendar
nimalar o‘zgaradi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1049/94/10499407_0:85:1920:1165_1920x0_80_0_0_ebfd89438782b9cb119c18a91307ae4f.jpg
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 2024-yil 1-avgustdan bir qator o‘zgarishlar kuchga kiradi. Xususan, respublikada elektr energiyasini hisobga olishning yangi billing tizimi joriy etiladi, tuman va shaharlar uchun bosh rejalar ishlab chiqiladi, seysmik faol zonalarda avtotransport vositalari va motosikllarni ro‘yxatga olish tartibi o‘zgartiriladi. Batafsil — Sputnik O‘zbekiston materialida.Master-reja hududlaridagi yer uchastkalari auksionga chiqariladiQonunchilikka ko‘ra, joylardagi hokimliklar joriy yil yakuniga qadar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Kadastr agentligi bilan birgalikda master-rejalarga muvofiq zamonaviy xizmat ko‘rsatish majmualari va servis obyektlarini, jumladan, joylashtirish vositalari, turar joylar, savdo-ko‘ngilochar markazlarini tashkil qilish uchun master-reja hududidagi yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqariladi.Ayrim obyektlar hududning zilzilabardoshligidan kelib chiqib loyihalanadi va quriladiQonunchilikka ko‘ra, xavflilik omili III — IV toifa bo‘lgan obyektlarni hududning zilzilalar kuchini ko‘rsatib beruvchi mintaqaviy akselerogrammalar bazalaridan kelib chiqib loyihalash va qurish tartibi joriy etiladi.Investitsiya majburiyatlarining bajarilishi natijalarini qabul qilish muddati belgilanmoqdaKichik sanoat zonalari ishtirokchilari va yosh tadbirkorlik subyektlarining investitsiya va ijtimoiy majburiyatlari bajarilishi natijalarini qabul qilish kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyalar tomonidan majburiyatlarni bajarish muddati kelgan sanadan boshlab 3 oy ichida amalga oshiriladi.Avtoraqamlar tasodifiy generatsiya yo‘li bilan beriladiOddiy davlat raqamlari "Davlat raqam belgilari" moduli orqali tasodifiy avtomatik generatsiya yo‘li bilan beriladi. Qarorga muvofiq, turli rusumdagi avtomototransport vositalari uchun yangi turdagi davlat raqamlari joriy etildi. Bundan tashqari, davlat ro‘yxatidan o‘tganlik belgilarini berish tizimiga o‘zgartirishlar kiritildi. Amaldagi tizimga ko‘ra, avtomobil raqamlari o‘sib boruvchi raqamlash tartibida chiqariladi (autsionda sotiladigan "chiroyli raqamlar" bundan mustasno). 1-avgustdan boshlab onlayn tizimning “Davlat avtomobil raqamlari” modulida tasodifiy tanlash asosida davlat raqamlari kombinatsiyasi yaratiladi.Talabalar yotoqxonalariga joylashish uchun onlayn arizalarning qabuli boshlanadi2024/2025 o‘quv yilidan boshlab barcha kurs talabalari uchun davlat oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joyiga joylashish onlayn shaklda amalga oshiriladi. Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.Qoraqalpog‘istonda biznes-forum o‘tkaziladi2024 yil avgust oyida xalqaro biznes forum o‘tkazilishi, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi elchilari bilan hamkorlikda salohiyatli investorlarni jalb etib, kelishuvlar amalga oshirilishi, joriy yil yakuniga qadar esa – “Qoraqalpog‘istonda biznes qiling” dasturi doirasida yirik xorijiy ishlab chiqaruvchi kompaniyalar brendlarini jalb qilish rejalashtirilmoqda.Futbol muxlislariga poyezdlar uchun chegirmalar beriladi2024 yil avgust – oktabr oylarida futzal bo‘yicha jahon chempionatida akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslar, shuningdek, chempionat o‘yinlariga chiptalari mavjud bo‘lgan xorijiy va mahalliy muxlislar uchun temir yo‘l chiptalariga 50 % miqdorida chegirmalar joriy qilinadiTurizm sohasida kadrlar tayyorlovchi OTMlarda amaliyot bazalari tashkil etiladiQonunchilikka ko‘ra, turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan amaliyot bazalarini (turoperator, turagent, gid-tarjimon, mehmonxona va turizm transporti xizmatlarini ko‘rsatish obyektlari) belgilangan tartibda tashkil etishga ruxsat beriladi.Tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi1 avgustdan tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasini ishlab chiqarish uchun barcha turdagi tibbiyot muassasalarida hosil bo‘ladigan tibbiyot chiqindilari to‘liq hajmda loyiha kompaniyasiga topshiriladi.Loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi belgilangan tartibda tasdiqlangan tariflarda tibbiyot muassasalari tomonidan sotib olinishi ta’minlanadi. Bunda issiqlik energiyasi boshqa shaxslarga ham belgilangan tartibda yetkazib berilishi mumkin.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1049/94/10499407_128:0:1793:1249_1920x0_80_0_0_b45443552bcdc7c079dac900c9c11b75.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
1 avgust nimalar o‘zgaradi o‘zbekiston qonunlar qonunchilik ma’lumot
1 avgust nimalar o‘zgaradi o‘zbekiston qonunlar qonunchilik ma’lumot
O‘zbekistonda bugundan qanday o‘zgarishlar kuchga kiradi?
10:15 01.08.2024 (yangilandi: 10:28 01.08.2024) Bugundan respublikada bir qator sohalarda o‘zgarishlar kuchga kiradi. Ular, kommunal xizmatlarni to‘lash, davlat raqamlarini berish, shuningdek, mehmonxonalar tasnifini aniqlashga ta’sir qiladi.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 2024-yil 1-avgustdan bir qator o‘zgarishlar kuchga kiradi. Xususan, respublikada elektr energiyasini hisobga olishning yangi billing tizimi joriy etiladi, tuman va shaharlar uchun bosh rejalar ishlab chiqiladi, seysmik faol zonalarda avtotransport vositalari va motosikllarni ro‘yxatga olish tartibi o‘zgartiriladi. Batafsil —
Sputnik O‘zbekiston materialida.
Master-reja hududlaridagi yer uchastkalari auksionga chiqariladi
Qonunchilikka ko‘ra, joylardagi hokimliklar joriy yil yakuniga qadar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Kadastr agentligi bilan birgalikda master-rejalarga muvofiq zamonaviy xizmat ko‘rsatish majmualari va servis obyektlarini, jumladan, joylashtirish vositalari, turar joylar, savdo-ko‘ngilochar markazlarini tashkil qilish uchun master-reja hududidagi yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqariladi.
Ayrim obyektlar hududning zilzilabardoshligidan kelib chiqib loyihalanadi va quriladi
Qonunchilikka ko‘ra, xavflilik omili III — IV toifa bo‘lgan obyektlarni hududning zilzilalar kuchini ko‘rsatib beruvchi mintaqaviy akselerogrammalar bazalaridan kelib chiqib loyihalash va qurish tartibi joriy etiladi.
Investitsiya majburiyatlarining bajarilishi natijalarini qabul qilish muddati belgilanmoqda
Kichik sanoat zonalari ishtirokchilari va yosh tadbirkorlik subyektlarining investitsiya va ijtimoiy majburiyatlari bajarilishi natijalarini qabul qilish kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyalar tomonidan majburiyatlarni bajarish muddati kelgan sanadan boshlab 3 oy ichida amalga oshiriladi.
Avtoraqamlar tasodifiy generatsiya yo‘li bilan beriladi
Oddiy davlat raqamlari "Davlat raqam belgilari" moduli orqali tasodifiy avtomatik generatsiya yo‘li bilan beriladi. Qarorga muvofiq, turli rusumdagi avtomototransport vositalari uchun yangi turdagi davlat raqamlari joriy etildi. Bundan tashqari, davlat ro‘yxatidan o‘tganlik belgilarini berish tizimiga o‘zgartirishlar kiritildi. Amaldagi tizimga ko‘ra, avtomobil raqamlari o‘sib boruvchi raqamlash tartibida chiqariladi (autsionda sotiladigan "chiroyli raqamlar" bundan mustasno). 1-avgustdan boshlab onlayn tizimning “Davlat avtomobil raqamlari” modulida tasodifiy tanlash asosida davlat raqamlari kombinatsiyasi yaratiladi.
Talabalar yotoqxonalariga joylashish uchun onlayn arizalarning qabuli boshlanadi
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab barcha kurs talabalari uchun davlat oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joyiga joylashish onlayn shaklda amalga oshiriladi. Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.
Qoraqalpog‘istonda biznes-forum o‘tkaziladi
2024 yil avgust oyida xalqaro biznes forum o‘tkazilishi, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi elchilari bilan hamkorlikda salohiyatli investorlarni jalb etib, kelishuvlar amalga oshirilishi, joriy yil yakuniga qadar esa – “Qoraqalpog‘istonda biznes qiling” dasturi doirasida yirik xorijiy ishlab chiqaruvchi kompaniyalar brendlarini jalb qilish rejalashtirilmoqda.
Futbol muxlislariga poyezdlar uchun chegirmalar beriladi
2024 yil avgust – oktabr oylarida futzal bo‘yicha jahon chempionatida akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslar, shuningdek, chempionat o‘yinlariga chiptalari mavjud bo‘lgan xorijiy va mahalliy muxlislar uchun temir yo‘l chiptalariga 50 % miqdorida chegirmalar joriy qilinadi
Turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi OTMlarda amaliyot bazalari tashkil etiladi
Qonunchilikka ko‘ra, turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan amaliyot bazalarini (turoperator, turagent, gid-tarjimon, mehmonxona va turizm transporti xizmatlarini ko‘rsatish obyektlari) belgilangan tartibda tashkil etishga ruxsat beriladi.
Tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi
1 avgustdan tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasini ishlab chiqarish uchun barcha turdagi tibbiyot muassasalarida hosil bo‘ladigan tibbiyot chiqindilari to‘liq hajmda loyiha kompaniyasiga topshiriladi.Loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi belgilangan tartibda tasdiqlangan tariflarda tibbiyot muassasalari tomonidan sotib olinishi ta’minlanadi. Bunda issiqlik energiyasi boshqa shaxslarga ham belgilangan tartibda yetkazib berilishi mumkin.