https://oz.sputniknews.uz/20240731/uzbekistan-qayta-ishlash-majburiy-chiqindi-44995470.html
O‘zbekistonda qayta ishlatilishi majburiy bo‘lgan chiqindi tovarlari ro‘yxati ishlab chiqildi
O‘zbekistonda qayta ishlatilishi majburiy bo‘lgan chiqindi tovarlari ro‘yxati ishlab chiqildi
Sputnik O‘zbekiston
Ro‘yxatdagi materiallarni qayta ishlanishi bo‘yicha kod raqamlari va belgilar qo‘yildi. 31.07.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-07-31T15:12+0500
2024-07-31T15:12+0500
2024-07-31T15:12+0500
jamiyat
o‘zbekiston
chiqindixona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1441/81/14418185_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_39e6828443919a6aabe30e5fc9828080.jpg
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda qayta ishlatilishi majburiy bo‘lgan chiqindi tovarlari ro‘yxati ishlab chiqildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.Qayd etilishicha, “O‘zbekiston hududida ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan qayta ishlatilishi majburiy bo‘lgan chiqindi tovarlarining belgilari bo‘yicha ro‘yxati” ishlab chiqildi. Ro‘yxat O‘zbekiston prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi 5-son farmoniga muvofiq tuzildi va va 25-iyunida tasdiqlandi.O‘zbekiston xavfli chiqindilarni xorij tajribasi asosida boshqarmoqchiAytilishicha, majburiy bo‘lgan chiqindi tovarlarining belgilari bo‘yicha tasdiqlangan ro‘yxat 12 oydan keyin kuchga kiradi.Chiqindilarni qayta ishlash ikkilamchi xomasholardan samarali foydalanishga imkoniyat beradi. Eng muhimi, bu orqali atrof-muhit ifloslanishining oldi olinadi.
https://oz.sputniknews.uz/20240626/uzbekistan-chiqindi-pul-44543433.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1441/81/14418185_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_935673c01f0808a5135cc4c782e4facf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, chiqindixona
jamiyat, o‘zbekiston, chiqindixona
O‘zbekistonda qayta ishlatilishi majburiy bo‘lgan chiqindi tovarlari ro‘yxati ishlab chiqildi
Ro‘yxatdagi materiallarni qayta ishlanishi bo‘yicha kod raqamlari va belgilar qo‘yildi.
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda qayta ishlatilishi majburiy bo‘lgan chiqindi tovarlari ro‘yxati ishlab chiqildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
xabar berdi. Qayd etilishicha, “O‘zbekiston hududida ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan qayta ishlatilishi majburiy bo‘lgan chiqindi tovarlarining belgilari bo‘yicha ro‘yxati” ishlab chiqildi. Ro‘yxat O‘zbekiston prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi 5-son farmoniga muvofiq tuzildi va va 25-iyunida tasdiqlandi.
“Ro‘yxatda plastmassalar, qog‘ozlar, metallar, shishalar, kompozitli materiallar, batareya va akkumulyatorlar, qurilish chiqindisi kabi materiallar qayta ishlanishi bo‘yicha kod raqamlari va belgilar qo‘yilgan. Zaruratga qarab majburiy bo‘lgan chiqindi tovarlarining belgilari bo‘yicha qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilib, tasdiqlanib boriladi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, majburiy bo‘lgan chiqindi tovarlarining belgilari bo‘yicha tasdiqlangan ro‘yxat 12 oydan keyin kuchga kiradi.
Chiqindilarni qayta ishlash ikkilamchi xomasholardan samarali foydalanishga imkoniyat beradi. Eng muhimi, bu orqali atrof-muhit ifloslanishining oldi olinadi.