Olimpiya o‘yinlari: Do‘smatov, Habibullayev va Turdibekova boks bahslarini omadli boshlashdi

Samiy molodoy bokser sbornoy Uzbekistana pobedil olimpiyskogo prizera
Samiy molodoy bokser sbornoy Uzbekistana pobedil olimpiyskogo prizera - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik bokschilar Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining to‘rtinchi kunida muvaffaqiyatli ishtirok etishadi.
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik bokschilar Hasanboy Do‘smatov, To‘rabek Habibullayev va Sitora Turdibekova bahslarni omadli boshlashdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi tarkibidagi eng yosh sportchi To‘rabek Habibullayev Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi dastlabki bahsida Olimpiada sovrindorini mag‘lub etdi.
“20 yoshli chinozlik bokschimiz debut jangida Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari sovrindori, filippinlik Eymuir Marsialni musobaqadan chiqarib yuborishga erishdi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, boks bo‘yicha Rio-2016 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Hasanboy Do‘smatov ham ikkinchi chempionlik sari yurishini boshladi.
"Boks olamida "Professor" nomi bilan mashhur bo‘lgan hamurtimiz ilk bosqichda puerto-rikolik 18 yoshli Xuan Lopesga qarshi jang o‘tkazib, yaqqol ustunlik bilan g‘alabaga erishdi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Endi u 2-avgust kuni chorak final jangini o‘tkazadi.
Qolaversa, boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi Sitora Turdibekova (-57 kg) ham ilk jangni muvaffaqiyatli o‘tkazdi.
Kongo Demokratik Respublikasi vakilasi Marselat Sakobi bilan to‘qnash kelgan hamurtimiz ishonchli tarzda g‘alabani o‘z foydasiga hal qila oldi va ikkinchi davra ishtirokchisiga aylandi. Endi u 2-avgust kuni ikki karra jahon chempioni, Yu-Ting Linga qarshi chorak final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.
Baxodir Jalolov uspeshno proshol perviy boy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2024
Olimpiya o‘yinlari: Bahodir Jalolov ikkinchi chempionlik sari yurishini boshladi
Yangiliklar lentasi
0