Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tashrifi sanasi ma’lum bo‘ldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Xive proshli peregovori Shavkata Mirziyoyeva i Kasim-Jomarta Tokayeva
V Xive proshli peregovori Shavkata Mirziyoyeva i Kasim-Jomarta Tokayeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2024
Obuna bo‘lish
Tashrif davomida prezident Markaziy Osiyo davlatlarining Oltinchi Maslahatlashuv uchrashuvida ishtirok etadi.
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-8 avgust kunlari Qozog‘istonga davlat tashrifi bilan boradi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Matbuot xizmati Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev ishtirokidagi bo‘lajak tadbirlar rejasini e’lon qildi.
“O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasiga davlat tashrifi 7-8 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, 9-avgust kuni Ostonada Markaziy Osiyo davlatlarining oltinchi maslahatlashuv uchrashuvi o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev joriy yil 3-4 iyul kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘lgandi. Mirziyoyev ShHT Davlat rahbarlari kengashining majlisi va "ShHT plyus" formatidagi uchrashuvda ishtirok etgandi.
Yangiliklar lentasi
0