https://oz.sputniknews.uz/20240730/eoii-mamlakat-maktablar-44983655.html
YeOII mamlakatlaridagi maktablar qo‘llab-quvvatlanadi
YeOII mamlakatlaridagi maktablar qo‘llab-quvvatlanadi
Sputnik O‘zbekiston
Postsovet mamlakatlarida “Yevroosiyo litseyi” va “Yevroosiyo pedagogik kengashi” loyihalari ishga tushiriladi. 30.07.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-07-30T11:26+0500
2024-07-30T11:26+0500
2024-07-30T11:26+0500
o‘zbekiston va yeoii
dunyo yangiliklari
dunyoda
yeoii
maktab
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/1f/42287746_0:85:1620:996_1920x0_80_0_0_8dcd85a812e2a4e27cfa22954d272d19.jpg
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. “Yevroosiyo” avtonom notijorat tashkiloti Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlaridagi maktablarga tizimli yordam ko‘rsatishini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, postsovet mamlakatlarida ta’lim sohasida ikkita yirik loyiha ishga tushirilishi ma’lum qilindi: “Yevroosiyo litseyi” va “Yevroosiyo pedagogik kengashi”. Xususan, innovatsion ta’lim dasturlari joriy etilib, o‘quv xonalari eng zamonaviy jihozlar bilan jihozlanadi. O‘qituvchilar Rossiyaning eng yaxshi ta’lim markazlarida amaliyot o‘taydi va ular uchun stipendiya dasturi ishlab chiqiladi. Har bir mamlakatning madaniyati, tarixi va diniy xususiyatlarni hisobga olinadi. Bu ish Rossiyaning yetakchi davlat dasturlari va milliy loyihalari tajribasiga tayangan holda “Yevroosiyo” tomonidan amalga oshiriladi. "Yevroosiyo litseyi". Mahalliy madaniy va tarixiy xususiyatlarni hisobga olgan holda YeOII mamlakatlaridagi maktablarni tizimli qo‘llab-quvvatlash. "Yevroosiyo pedagogik kengashi". Bu o‘qituvchilarning rivojlanishi va malakasini oshirish uchun professional jamoadir.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/1f/42287746_90:0:1530:1080_1920x0_80_0_0_247711d050cb53ebcdb34933026e94db.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, yeoii, maktab
dunyo yangiliklari, dunyoda, yeoii, maktab
YeOII mamlakatlaridagi maktablar qo‘llab-quvvatlanadi
Postsovet mamlakatlarida “Yevroosiyo litseyi” va “Yevroosiyo pedagogik kengashi” loyihalari ishga tushiriladi.
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. “Yevroosiyo” avtonom notijorat tashkiloti Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlaridagi maktablarga tizimli yordam ko‘rsatishini
ma’lum qildi. Qayd etilishicha, postsovet mamlakatlarida ta’lim sohasida ikkita yirik loyiha ishga tushirilishi ma’lum qilindi: “Yevroosiyo litseyi” va “Yevroosiyo pedagogik kengashi”. Xususan, innovatsion ta’lim dasturlari joriy etilib, o‘quv xonalari eng zamonaviy jihozlar bilan jihozlanadi.
O‘qituvchilar Rossiyaning eng yaxshi ta’lim markazlarida amaliyot o‘taydi va ular uchun stipendiya dasturi ishlab chiqiladi. Har bir mamlakatning madaniyati, tarixi va diniy xususiyatlarni hisobga olinadi.
Bu ish Rossiyaning yetakchi davlat dasturlari va milliy loyihalari tajribasiga tayangan holda “Yevroosiyo” tomonidan amalga oshiriladi.
"Yevroosiyo litseyi". Mahalliy madaniy va tarixiy xususiyatlarni hisobga olgan holda YeOII mamlakatlaridagi maktablarni tizimli qo‘llab-quvvatlash.
innovatsion ta’lim usullari;
Rossiyaning eng yaxshi ta’lim markazlarida o‘qituvchilar uchun amaliyot;
"Yevroosiyo pedagogik kengashi". Bu o‘qituvchilarning rivojlanishi va malakasini oshirish uchun professional jamoadir.
xalqaro konferensiyalar, musobaqalar, dasturlar;
turli mamlakatlar, jumladan, YeOII o‘qituvchilari uchun Rossiyada amaliyot o‘tash;
tajriba almashish va do‘stona muloqot;
postsovet mamlakatlarida shunga o‘xshash jamoalarni yaratish.