https://oz.sputniknews.uz/20240729/eoii-tovar-deklaratsiya-44975207.html
YeOIIda tovarlarni deklaratsiyalash tartibi ko‘rib chiqildi
YeOIIda tovarlarni deklaratsiyalash tartibi ko‘rib chiqildi
Sputnik O‘zbekiston
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tadbirkorlari uchun soddalashtirilgan mexanizm chegarani kesib o‘tgandan keyin bir oy o‘tgach bojxona deklaratsiyasini taqdim etishni... 29.07.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-07-29T12:40+0500
2024-07-29T12:40+0500
2024-07-29T12:40+0500
o‘zbekiston va yeoii
iqtisod
yeoii
bojxona
bojxona boji
tadbirkor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/0f/42051958_0:195:3071:1922_1920x0_80_0_0_d4325f6d7eeb2f2d4a01a6d88c6e876f.jpg
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan ishchi guruhlarning qo‘shma yig‘ilishida avval chiqarilgan tovarlar bo‘yicha yakuniy deklaratsiyani taqdim etishda bojxona organlari tomonidan tekshirish tartibi ko‘rib chiqildi, deya xabar berdi komissiya matbuot xizmati.Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari davlat organlari va biznes vakillarining 30 nafarga yaqin vakillari ishtirokidagi yig‘ilishni YeIKning Bojxona qonunchiligi va ijro amaliyoti departamenti direktori o‘rinbosari Nurlan Baynazarov olib bordi.Qayd etilganidek, ushbu tartib bojxona organlari va tadbirkorlik subyektlari tomonidan hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirishda, agar tadbirkorlik faoliyati uchun bunday soddalashtirish qo‘llanilsa, tovarlar deklaratsiyasini topshirishdan oldin chiqarish kabi harakatlarni aniq algoritmini yaratish imkonini beradi.Tovarlarga deklaratsiya topshirishdan oldin chiqarish — bu tovarlarni chiqarish va deklaratsiya qilishning soddalashtirilgan tartibi bo‘lib, unda chiqarish soddalashtirilgan bojxona hujjati asosida amalga oshiriladi va deklaratsiya keyinroq topshiriladi (keyingi oyning 10 yoki 15 sanasigacha).
https://oz.sputniknews.uz/20240626/eoii-bojxona-malumot-almashish-tartib-44540510.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/0f/42051958_340:0:3071:2048_1920x0_80_0_0_24d29b62ea0bc5dcdf412ccbf83c8867.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, yeoii, bojxona, bojxona boji, tadbirkor
iqtisod, yeoii, bojxona, bojxona boji, tadbirkor
YeOIIda tovarlarni deklaratsiyalash tartibi ko‘rib chiqildi
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tadbirkorlari uchun soddalashtirilgan mexanizm chegarani kesib o‘tgandan keyin bir oy o‘tgach bojxona deklaratsiyasini taqdim etishni nazarda tutadi.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi
(YeIK) shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan ishchi guruhlarning qo‘shma yig‘ilishida avval chiqarilgan tovarlar bo‘yicha yakuniy deklaratsiyani taqdim etishda bojxona organlari tomonidan tekshirish tartibi ko‘rib chiqildi, deya xabar berdi komissiya
matbuot xizmati. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari davlat organlari va biznes vakillarining 30 nafarga yaqin vakillari ishtirokidagi yig‘ilishni YeIKning Bojxona qonunchiligi va ijro amaliyoti departamenti direktori o‘rinbosari Nurlan Baynazarov olib bordi.
Qayd etilganidek, ushbu tartib bojxona organlari va tadbirkorlik subyektlari tomonidan hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirishda, agar tadbirkorlik faoliyati uchun bunday soddalashtirish qo‘llanilsa, tovarlar deklaratsiyasini topshirishdan oldin chiqarish kabi harakatlarni aniq algoritmini yaratish imkonini beradi.
“Ushbu loyiha to‘g‘ri tartibga solishni ta’minlaydi, tovarlarni deklaratsiyalashning soddalashtirilgan tartibini qo‘llashda oldindan ko‘ra bilish va aniqlikni oshiradi”, — dedi Baynazarov.
Tovarlarga deklaratsiya topshirishdan oldin chiqarish — bu tovarlarni chiqarish va deklaratsiya qilishning soddalashtirilgan tartibi bo‘lib, unda chiqarish soddalashtirilgan bojxona hujjati asosida amalga oshiriladi va deklaratsiya keyinroq topshiriladi (keyingi oyning 10 yoki 15 sanasigacha).