AQSh Yaponiyada yangi harbiy qo‘mondonlik tuzadi — OAV

© RIA Novosti / Voyennoslujashie SShA i Suxoputnix sil samooboroni Yaponii . Arxivnoe foto
Voyennoslujashie SShA i Suxoputnix sil samooboroni Yaponii . Arxivnoe foto
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2024
Obuna bo‘lish
WSJ: AQSh yakshanba kuni Yaponiyada yangi harbiy qo‘mondonlik tashkil etilishini e’lon qiladi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. AQSh va Yaponiya rasmiylari yakshanba kuni Yaponiyada yangi AQSh harbiy qo‘mondonligi tashkil etilishini e’lon qiladi. Bu haqda RIA Novosti Wall Street Journal gazetasiga tayanib xabar berdi.
"Qo‘shma Shtatlar Yaponiyada yangi harbiy qo‘mondonlik tuzadi", — deb yozadi gazeta.
Gazetaning ta’kidlashicha, qo‘mondonlik "Xitoy harbiy kuchini oshirish" fonida yaratiladi.
Nashrning yozishicha, qo‘mondonlik yapon kuchlari bilan harbiy harakatlarni muvofiqlashtiradi, qo‘shma mashg‘ulotlarni rejalashtiradi va urush boshlangan taqdirda Yaponiyani mudofaa qilishda ishtirok etadi.
Qayd etilishicha, tashabbus yakshanba kuni AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken, AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin, Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yoko Kamikava va Yaponiya mudofaa vaziri Minoru Kixara o‘rtasidagi uchrashuvda e’lon qilinadi.
Gazetaning ta’kidlashicha, bu qadam AQShga Yaponiyadagi o‘z qo‘shinlarini bosh qarorgohi Yaponiyadan 5,6 ming kilometr uzoqlikda joylashgan Gavayi orollarida joylashgan Hind-Tinch okeani qo‘mondonligidan olib chiqish imkonini beradi.
Yangiliklar lentasi
0