Namangan viloyatida Rossiyaning "Sinergiya" raqamli kasblar texnikumi ochiladi

Obuna bo‘lish
Oktabr-noyabr oylarida To‘raqo‘rg‘on agrosanoat kolleji va Rossiyaning "Sinergiya" raqamli kasb-hunar texnikumi negizida raqamli kasblar texnikumi tashkil etiladi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Namanganda "Sinergiya" raqamli kasblar texnikumi ochiladi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Viloyatda "Sinergiya" universiteti delegatsiyasi bilan ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
“Uchrashuvda To‘raqo‘rg‘on agrosanoat texnikumi va "Sinergiya" universitetining "Mintaqaviy texnikumlar" loyihasini rivojlantirish tashkiloti o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturini amalga oshirish doirasida o‘quv jarayonini tashkil etish tartibi to‘g‘risida shartnoma imzolandi”, — deyiladi xabarda.
Shartnomaga asosan, shu yil oktabr-noyabr oylarida To‘raqo‘rg‘on agrosanoat kolleji va Rossiyaning "Sinergiya" raqamli kasb-hunar texnikumi negizida raqamli kasblar texnikumi tashkil etiladi.
Shuningdek, "Sinergiya" universiteti tomonidan Namangan shahridagi IT-School negizida bolalar uchun qo‘shimcha “Synergy Hub Junior” ta’lim markazini ham tashkil etiladi. Unda bolalarga ishbilarmonlik o‘yinlari va mahorat darslari (master-klass) orqali raqamli kasblar bilan tanishish imkoniyati yaratiladi. Markaz tomonidan birinchi o‘quv yilida dasturlash, robototexnika, veb-dizayn va boshqa IT-yo‘nalishlarida ta’lim dasturlarini ishga tushiriladi.
Texnikum va bolalar o‘quv markazida mashg‘ulotlarni namanganlik IT-sohasi amaliyotchilari va rossiyalik mutaxassislar olib borishadi.
Yangiliklar lentasi
0