O‘zbekistonda parlament saylovi 27-oktabr kuni o‘tkaziladi

© Sputnik / Vladimir AlekseyevUrna dlya golosovaniya na prezidentskix viborax v posolstve Uzbekistana v Moskve.
Urna dlya golosovaniya na prezidentskix viborax v posolstve Uzbekistana v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2024
Obuna bo‘lish
27 oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatlari saylovi kampaniyasiga start berildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan bugun o‘tkazilgan majlisda O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari sayloviga doir muhim qarorlar qabul qilindi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 128-moddasiga va Saylov kodeksining 14, 36-moddalariga muvofiq, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatlari saylovi 2024-yil 27-oktabr, yakshanba kuni o‘tkaziladi.
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov bo‘yicha saylov kampaniyasiga start berilib, kalendar reja tasdiqlandi.
Yangiliklar lentasi
0