https://oz.sputniknews.uz/20240726/olimpiada-oyinlari-ochilish-kuni-frantsiya-temir-yollarida-kollaps-yuz-berdi--44950254.html
Olimpiya o‘yinlari ochilish kuni Fransiya temir yo‘llarida kollaps yuz berdi
Olimpiya o‘yinlari ochilish kuni Fransiya temir yo‘llarida kollaps yuz berdi
Sputnik O‘zbekiston
Hukumat buni qasddan qilingan sabotaj deb atamoqda va uni uyushtirganlarni aniqlash uchun maxsus xizmatlar jalb etilgan. 26.07.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-07-26T15:10+0500
2024-07-26T15:10+0500
2024-07-26T15:25+0500
parij
parij olimpiadasi
olimpiya o‘yinlari
sport
temir yo‘l
milliy olimpiya qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/1a/44950841_0:299:3110:2048_1920x0_80_0_0_0f35d2af88608f23bd6eb6504b2a072f.jpg
TOShKENT, 26-iyul — Spurtnik. Parij 2024 Yozgi Olimpiada o‘yinlari ochilish kunida Fransiya tezurar temir yo‘llarida kollaps sodir bo‘ldi. Fransiyada Parij va Lill, London va Parij o‘rtasida harakatlanuvchi "Eurostar" tezurar poyezdlari harakati to‘xtatilgan. Yo‘lovchilar oddiy poyezdlarga o‘tkazilmoqda. Ayrim poyezdlar qatnovi bekor qilingan.Shimoliy yo‘nalishda erta tongdan boshlab Parij va Lill o‘rtasidagi poyezdlar harakati to‘xtatildi, faqat 29-iyuldan boshlab oddiy poyezdlar harakati tiklanishi kutilmoqda. Parij bilan mamlakat g‘arbidagi Tur va Le-Man shaharlari o‘rtasida aloqa uzilgan. Temir yo‘lda jiddiy uzilishlar kuzatilmoqda. Sharqiy Fransiyada ham yo‘l harakati qiyin. Bu yerda ta’mirlash ishlari yakunlanishi 27-iyul kuni kutilmoqda.London va Parij o‘rtasidagi temir yo‘l aloqasi ham uzildi: ba’zi poyezdlar bekor qilindi, oddiy poyezdlar (tezkor emas) harakatlanmoqda, lekin sayohat vaqtini 1,5 soatga oshiradi.Fransiya temir yo‘llaridagi buzilishlar 800 mingga yaqin odamga ta’sir qildi. Mamlakat bo‘ylab vokzallarda juda ko‘p odamlar to‘planib qolgan.
parij
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/1a/44950841_102:0:2833:2048_1920x0_80_0_0_28f8936be7ed4d0efd2a249a25add9b3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
parij, parij olimpiadasi, olimpiya o‘yinlari, sport, temir yo‘l, milliy olimpiya qo‘mitasi
parij, parij olimpiadasi, olimpiya o‘yinlari, sport, temir yo‘l, milliy olimpiya qo‘mitasi
Olimpiya o‘yinlari ochilish kuni Fransiya temir yo‘llarida kollaps yuz berdi
15:10 26.07.2024 (yangilandi: 15:25 26.07.2024) Hukumat buni qasddan qilingan sabotaj deb atamoqda va uni uyushtirganlarni aniqlash uchun maxsus xizmatlar jalb etilgan.
TOShKENT, 26-iyul — Spurtnik. Parij 2024 Yozgi Olimpiada o‘yinlari ochilish kunida Fransiya tezurar temir yo‘llarida kollaps sodir bo‘ldi.
Fransiyada Parij va Lill, London va Parij o‘rtasida harakatlanuvchi "Eurostar" tezurar poyezdlari harakati to‘xtatilgan. Yo‘lovchilar oddiy poyezdlarga o‘tkazilmoqda. Ayrim poyezdlar qatnovi bekor qilingan.
"Fransiya Milliy temir yo‘l kompaniyasi bayonotida aytilishicha, tunda to‘mir yo‘lda "qasddan o‘t qo‘yish" sodir etilgan. Fransiya hukumati poyezdlar harakatining ataylab to‘xtatilishini sabotaj deb atadi. Beshinchi respublikaning barcha razvedka xizmatlari voqea holatlarini o‘rganishga jalb etilgan", - dedi Fransiya bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Gabriyel Attal.
Shimoliy yo‘nalishda erta tongdan boshlab Parij va Lill o‘rtasidagi poyezdlar harakati to‘xtatildi, faqat 29-iyuldan boshlab oddiy poyezdlar harakati tiklanishi kutilmoqda.
Parij bilan mamlakat g‘arbidagi Tur va Le-Man shaharlari o‘rtasida aloqa uzilgan. Temir yo‘lda jiddiy uzilishlar kuzatilmoqda. Sharqiy Fransiyada ham yo‘l harakati qiyin. Bu yerda ta’mirlash ishlari yakunlanishi 27-iyul kuni kutilmoqda.
London va Parij o‘rtasidagi temir yo‘l aloqasi ham uzildi: ba’zi poyezdlar bekor qilindi, oddiy poyezdlar (tezkor emas) harakatlanmoqda, lekin sayohat vaqtini 1,5 soatga oshiradi.
Fransiya temir yo‘llaridagi buzilishlar 800 mingga yaqin odamga ta’sir qildi. Mamlakat bo‘ylab vokzallarda juda ko‘p odamlar to‘planib qolgan.