Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

O‘zbekiston suvni tejab, yer maydonlarini qanday kengaytirmoqda — ekspert javobi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Hozirgi kunda O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlarning umumiy maydoni 4,3 mln gektarni tashkil etadi.
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun suvni tejovchi texnologiyalar bilan ta’minlangan yerlarning umumiy maydoni 2 million gektarga yetkaziladi. Bu haqda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari Andrey Petrov Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida “Markaziy Osiyoda suv-energetika muammolarini qanday hal qilish mumkin” mavzusida bo‘lib o‘tgan Toshkent – Bishkek videoko‘prigi davomida ma’lum qildi.
YeOTB ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlarning umumiy maydoni 4,3 mln gektarni tashkil etadi. Oziq-ovqat xavfsizligi urbanizatsiya bilan bevosita bog‘liq. Ya’ni, aytaylik, shahar qanchalik kengaysa, shunga mos ravishda qishloq xo‘jaligi yerlari turar-joy qurilishi foydasiga qisqarib boradi.

“O‘zbekistonda faol sur’atlar kuzatilmoqda va bugun biz suvni tejash texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha yetakchimiz. Prezident farmoniga ko‘ra, 2030-yilga borib 4-3 mln gektar maydonda ekinlarni yetishtirish va sug‘orish uchun tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish kerak”, — dedi Petrov.

Uning qayd etishicha, atrof-muhitga zarar yetkazmasdan, aholini tobora kamayib borayotgan ichimlik suvi cheklangan resursidan foydalanib, ta’minlash kerak. Albatta, atrof-muhitni ham unutmaslik kerak. Ya’ni suvni tejash kerak.
“Markaziy Osiyoda suv nima? Cho‘lda suv oltinga teng, bu aniq. Biz bu masalani maktab darajasida yetkazmoqchimiz, yoshlar anglay olish qobiliyati endi shakllangan davrdan boshlab suvni tushunishni va tejashni boshlashlari kerak”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.
Yangiliklar lentasi
0