Putin Kremlda Asadni qabul qildi — video

Obuna bo‘lish
Putin va Asad Kremlda so‘nggi vaqtlarda dunyoda ro‘y berayotgan voqealar va Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi.
TOShKENT, 25-iyul – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin kecha Kremlda Suriya prezidenti Bashar Asad bilan uchrashdi.

“Hurmatli janob prezident, men sizni ko‘rganimdan juda xursandman, biz uzoq vaqtdan beri uchrashmagandik. Endi munosabatlarimizning barcha jabhalarini muhokama qilishimiz mumkin", - dedi Putin.

Rossiya prezidenti aytishiga ko‘ra, mintaqadagi vaziyat tobora yomonlashmoqda va bu Suriyaga bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Putin, shuningdek, Rossiya va Suriya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarda istiqbolli yo‘nalishlar mavjudligini, biroq bu sohada ko‘plab savollar qolayotganini qo‘shimcha qildi.
O‘z navbatida Asad bugungi tashrif davlatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 80-yilligiga to‘g‘ri kelishini eslatdi.

“O‘tgan o‘n yilliklar davomida mamlakatlarimiz o‘ta og‘ir sinovlardan o‘tdi. Albatta, bu vaqt ichida mamlakatlarimiz o‘ta murakkab transformatsiya jarayonlarini boshidan kechirdi. Lekin ushbu davr mobaynida munosabatlarimizda o‘zaro ishonch saqlanib qoldi. Bu xalqlarimizning yetukligidan, - dedi Asad.

Suriya prezidentining qo‘shimcha qilishicha, dunyoda va Yevroosiyo mintaqasida ro‘y berayotgan voqealarni inobatga olgan holda ikki yetakchining uchrashuvi “bu voqealar rivojining barcha tafsilotlarini muhokama qilish, ehtimoliy istiqbollar va ssenariylarni muhokama qilish uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi.”
So‘nggi vaqtlarda ommaviy axborot vositalarida Bashar Asad va Turkiya yetakchisi Rajab Erdo‘g‘anning ehtimoliy uchrashuvi haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda. Xabarlarga ko‘ra, bu uchrashuv avgust oyida Moskvada bo‘lib o‘tishi mumkin. Kreml, boshqa davlatlar qatori Rossiyaning ham Turkiya va Suriya munosabatlarini yaxshilashdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0