https://oz.sputniknews.uz/20240725/bishkek-shht-prokuror-yigilish-44935088.html
Bishkekda ShHTga a’zo davlatlar bosh prokurorlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
Bishkekda ShHTga a’zo davlatlar bosh prokurorlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Uchrashuv yakunida protokol va deklaratsiya imzolanishi rejalashtirilgan.
2024-07-25T10:00+0500
2024-07-25T10:00+0500
2024-07-25T10:31+0500
siyosat
qirg‘iziston
o‘zbekiston
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
prokuror
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/19/44935355_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_5bf88a79c68fdac394a97c10193c5750.jpg
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Bishkekdagi “Ala-Archa” davlat qarorgohida ShHTga a’zo davlatlar bosh prokurorlarining yig‘ilishi boshlandi, deya xabar berdi Sputnik Qirg‘iziston. Bu yil yig‘ilishga Qirg‘iz Respublikasi Bosh prokurori raislik qilmoqda. Unda Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston, Pokiston, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Belarus, Xitoy nazorat bo‘limlari rahbarlari, shuningdek, ShHTning kotibiyat va mintaqaviy aksilterror tuzilmasi rahbarlari ishtirok etmoqda. Ishtirokchilar tashkilot mamlakatlari duch kelayotgan zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashish sohasida amaliyot va tajriba almashishni muhokama qilmoqda. Shuningdek, ular raqamlashtirish sharoitida inson huquqlarini ta’minlash bo‘yicha qo‘shma strategiyalarni ishlab chiqishadi. Qayd etilishicha, 16 delegatsiyadan 12 tasi ishtirokchi davlatlar, to‘rttasi esa xalqaro tashkilotlar kotibiyatlari vakillaridir. ShHT yig‘ilishida prokuratura organlarining raqamlashtirish davridagi roli va zamonaviy chaqiriqlarga javob choralari, organlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash kabi masalalar muhokama qilinadi. Uchrashuv yakunida hamkorlikni davom ettirish va ishni mustahkamlash to‘g‘risidagi protokol (ShHT), Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash deklaratsiyasi (TDT) imzolanadi.ShHTga 2001-yilda oltita davlat – Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston tomonidan asos solingan. Keyinchalik ittifoqqa Hindiston, Pokiston, Eron, Belarus qo‘shildi. Kuzatuvchi davlatlar: Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston. Hamkor davlatlar: Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, BAA, Turkiya va Shri-Lanka.
qirg‘iziston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/19/44935355_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_ea9a5135e88eec9137346ec334d9e881.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bishkek “ala-archa” davlat qarorgohi shhtga a’zo davlatlar bosh prokurorlarining yig‘ilishi
bishkek “ala-archa” davlat qarorgohi shhtga a’zo davlatlar bosh prokurorlarining yig‘ilishi
Bishkekda ShHTga a’zo davlatlar bosh prokurorlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
10:00 25.07.2024 (yangilandi: 10:31 25.07.2024) Uchrashuv yakunida protokol va deklaratsiya imzolanishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Bishkekdagi “Ala-Archa” davlat qarorgohida ShHTga a’zo davlatlar bosh prokurorlarining yig‘ilishi boshlandi, deya xabar berdi Sputnik Qirg‘iziston.
Bu yil yig‘ilishga Qirg‘iz Respublikasi Bosh prokurori raislik qilmoqda. Unda Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston, Pokiston, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Belarus, Xitoy nazorat bo‘limlari rahbarlari, shuningdek, ShHTning kotibiyat va mintaqaviy aksilterror tuzilmasi rahbarlari ishtirok etmoqda.
Ishtirokchilar tashkilot mamlakatlari duch kelayotgan zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashish sohasida amaliyot va tajriba almashishni muhokama qilmoqda. Shuningdek, ular raqamlashtirish sharoitida inson huquqlarini ta’minlash bo‘yicha qo‘shma strategiyalarni ishlab chiqishadi.
Qayd etilishicha, 16 delegatsiyadan 12 tasi ishtirokchi davlatlar, to‘rttasi esa xalqaro tashkilotlar kotibiyatlari vakillaridir. ShHT yig‘ilishida prokuratura organlarining raqamlashtirish davridagi roli va zamonaviy chaqiriqlarga javob choralari, organlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash kabi masalalar muhokama qilinadi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikni davom ettirish va ishni mustahkamlash to‘g‘risidagi protokol (ShHT), Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash deklaratsiyasi (TDT) imzolanadi.
ShHTga 2001-yilda oltita davlat – Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston tomonidan asos solingan. Keyinchalik ittifoqqa Hindiston, Pokiston, Eron, Belarus qo‘shildi. Kuzatuvchi davlatlar: Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston. Hamkor davlatlar: Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, BAA, Turkiya va Shri-Lanka.