https://oz.sputniknews.uz/20240725/bishkek-shht-prokuror-hujjat-44942609.html
Bishkekdagi yig‘ilishda ShHT bosh prokurorlari qanday hujjat imzolashdi?
Bishkekdagi yig‘ilishda ShHT bosh prokurorlari qanday hujjat imzolashdi?
Sputnik O‘zbekiston
Prokurorlar kelgusidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini aks ettiruvchi yig‘ilish bayonnomasini imzolashdi. 25.07.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-07-25T18:00+0500
2024-07-25T18:00+0500
2024-07-25T18:00+0500
siyosat
qirg‘iziston
o‘zbekiston
prokuror
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1e/36435942_0:0:1281:720_1920x0_80_0_0_0fc2a8839cc25ed70d9fb7c57a4ea655.jpg
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Bishkekda Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar bosh prokurorlarining 22-yig‘ilishi yakunlandi. Bu haqda Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi xabar berdi.Tadbir davomida ShHTga a’zo barcha davlatlarning bosh prokurorlari yig‘ilish yakunlarini sarhisob qilishdi va kelgusidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini aks ettiruvchi yig‘ilish bayonnomasini imzolashdi.ShHTga a’zo davlatlar bosh prokurorlarining navbatdagi yig‘ilishiga raislik qilish Pokistonga o‘tdi.Bu yil yig‘ilishga Qirg‘iz Respublikasi bosh prokurori raislik qilmoqda. Unda Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston, Pokiston, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Belarus, Xitoy nazorat bo‘limlari rahbarlari, shuningdek, ShHTning kotibiyat va mintaqaviy aksilterror tuzilmasi rahbarlari ishtirok etdi.ShHTga 2001-yilda oltita davlat – Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston tomonidan asos solingan. Keyinchalik ittifoqqa Hindiston, Pokiston, Eron, Belarus qo‘shildi. Kuzatuvchi davlatlar: Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston. Hamkor davlatlar: Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, BAA, Turkiya va Shri-Lanka.
qirg‘iziston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1e/36435942_121:0:1035:686_1920x0_80_0_0_1c974da7397873dd4de8a4c815afa1c7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, qirg‘iziston, o‘zbekiston, prokuror
siyosat, qirg‘iziston, o‘zbekiston, prokuror
Bishkekdagi yig‘ilishda ShHT bosh prokurorlari qanday hujjat imzolashdi?
Prokurorlar kelgusidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini aks ettiruvchi yig‘ilish bayonnomasini imzolashdi.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Bishkekda Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar bosh prokurorlarining 22-yig‘ilishi yakunlandi. Bu haqda Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi xabar berdi.
Tadbir davomida ShHTga a’zo barcha davlatlarning bosh prokurorlari yig‘ilish yakunlarini sarhisob qilishdi va kelgusidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini aks ettiruvchi yig‘ilish bayonnomasini imzolashdi.
“Imzolangan bayonnoma ShHTga a’zo davlatlar bosh prokuraturalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha kelishilgan chora-tadbirlarni, shuningdek, mintaqada huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha strategiyalarni o‘z ichiga oladi”, — deyiladi xabarda.
ShHTga a’zo davlatlar bosh prokurorlarining navbatdagi yig‘ilishiga raislik qilish Pokistonga o‘tdi.
Bu yil yig‘ilishga Qirg‘iz Respublikasi bosh prokurori raislik qilmoqda. Unda Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston, Pokiston, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Belarus, Xitoy nazorat bo‘limlari rahbarlari, shuningdek, ShHTning kotibiyat va mintaqaviy aksilterror tuzilmasi rahbarlari ishtirok etdi.
ShHTga 2001-yilda oltita davlat – Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston tomonidan asos solingan. Keyinchalik ittifoqqa Hindiston, Pokiston, Eron, Belarus qo‘shildi. Kuzatuvchi davlatlar: Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston. Hamkor davlatlar: Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, BAA, Turkiya va Shri-Lanka.