“Bu faqat boshlanishi”: Voronej viloyati gubernatori Buxoro bilan hamkorlikni baholadi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishFlag Rossii i Uzbekistana, arxivnoe foto
Flag Rossii i Uzbekistana, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2024
Obuna bo‘lish
Voronej va Buxoro viloyatlari turizm sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi.
TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. O‘zbekiston bilan do‘stona munosabatlar tobora mustahkamlanib bormoqda. Bu haqda Voronej viloyati gubernatori Aleksandr Gusev ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi delegatsiya Voronej viloyatiga tashrif buyurdi.
“Buxoro viloyati korxonalari bilan hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilamiz, Voronej korxonalariga tashrif buyuramiz”, — deb yozadi Gusev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, oxirgi ikki yilda O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmini oshirishga erishilgan. O‘tgan yilda Voronej qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining respublikaga eksporti 35,6 million dollarni tashkil etdi.
“Va bu faqat boshlanishi. Buxoro viloyati bilan aloqalarimiz muntazam tus olmoqda. Respublikaning mazkur hududi hamkorlik uchun juda qiziq. Buxoro yaxshi geografik joylashuvga ega, transport infratuzilmasi rivojlangan”, — deya xulosa qildi gubernator.
Shuningdek, Voronej viloyati Tadbirkorlik, savdo va turizm vazirligi va Buxoro viloyati turizm departamenti o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida memorandum imzolandi.
© Pravitelstva Voronejskoy oblastiVoronejskaya oblast i Uzbekistan budut sotrudnichat v sfere turizma
Voronejskaya oblast i Uzbekistan budut sotrudnichat v sfere turizma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2024
Voronejskaya oblast i Uzbekistan budut sotrudnichat v sfere turizma
Hujjatni Voronej viloyati tadbirkorlik, savdo va turizm vaziri Sergey Korchevnikov va Buxoro viloyati turizm boshqarmasi boshlig‘i Suxrobjon Bobokalonov imzoladi.
“Memorandumda tomonlar o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik asosida turizm sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishni nazarda tutadi. Har bir tomon o‘z vakolatlari doirasida ko‘rgazmalar, kongresslar, yarmarkalar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish to‘g‘risida xabardor qiladi”, — deyiladi Voronej viloyati hukumati saytida.
Hamkorlikni rivojlantirish maqsadida har bir tomon hududlarining turizm industriyasi subyektlari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish rejalashtirilgan.
Gosudarstvenniy vizit prezidenta Vladimira Putina v Uzbekistan. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2024
Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil
Hududlar munosabatlarimiz majmuini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda — Putin
Yangiliklar lentasi
0