https://oz.sputniknews.uz/20240724/uzbekistan-voleybol-sport-44919190.html
O‘zbekiston voleybol sportini yanada rivojlantirmoqchi
O‘zbekiston voleybol sportini yanada rivojlantirmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident imzolagan qarorga ko‘ra, 2025-yildan har yili an’anaviy tarzda bir qator musobaqalar o‘tkazib boriladi. 24.07.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-07-24T09:27+0500
2024-07-24T09:27+0500
2024-07-24T09:27+0500
sport
o‘zbekiston
musobaqa
yangi qaror
voleybol
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/19/37142803_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_05fff2c8928b91c46c073284e414dae9.jpg
TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda voleybol sporti yanada rivojlantiriladi. Bu haqda prezidentning “Voleybol sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, 2025-yildan har yili an’anaviy tarzda bir qator musobaqalar o‘tkazib boriladi. O‘tkaziladigan musobaqlar: 2025-yildan har ikki yilda bir marta voleybol bo‘yicha Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi (CAVA)ga a’zo davlatlar o‘rtasida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro turniri o‘tkazib boriladi. Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati Voleybol sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internati sifatida qayta tashkil etiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/19/37142803_3:0:1146:857_1920x0_80_0_0_bafaa5313d93465df6e27fc4da569b9c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, o‘zbekiston, musobaqa, yangi qaror, voleybol
sport, o‘zbekiston, musobaqa, yangi qaror, voleybol
O‘zbekiston voleybol sportini yanada rivojlantirmoqchi
Prezident imzolagan qarorga ko‘ra, 2025-yildan har yili an’anaviy tarzda bir qator musobaqalar o‘tkazib boriladi.
TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda voleybol sporti yanada rivojlantiriladi. Bu haqda prezidentning “Voleybol sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, 2025-yildan har yili an’anaviy tarzda bir qator musobaqalar o‘tkazib boriladi.
O‘tkaziladigan musobaqlar:
oliy ta’lim muassasalari talabalari, professional ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Volleyball stars” O‘zbekiston kubogi;
vazirlik va idoralar xodimlari o‘rtasida 3 bosqichli (tuman (shahar) – viloyat – respublika) voleybol sport turlari bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston” respublika musobaqasi;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida 3 bosqichli Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi kubogi;
nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida para voleybol sport musobaqalari.
2025 yildan har ikki yilda bir marta voleybol bo‘yicha Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi (CAVA)ga a’zo davlatlar o‘rtasida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro turniri o‘tkazib boriladi.
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati Voleybol sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internati sifatida qayta tashkil etiladi.