https://oz.sputniknews.uz/20240724/shavkat-mirziyoev-tabrik-44923873.html
Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan kimlar tabrikladi?
Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan kimlar tabrikladi?
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. 24.07.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-07-24T14:29+0500
2024-07-24T14:29+0500
2024-07-24T15:10+0500
siyosat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
qozog‘iston
qirg‘iziston
turkmaniston
xitoy
ozarbayjon
tojikiston
belarus
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/13/44859300_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_e781c1f555589613f59b1458e6c45cc1.jpg
TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Ozarbayjon, Belarus, Turkiya, Mo‘g‘uluston, Vengriya, Janubiy Koreya yetakchilari tabrikladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.Rossiya prezidenti Vladimir PutinRossiya yetakchisi Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart ToqayevXitoy Xalq Respublikasi raisi Si SzinpinTurkmaniston prezidenti Serdar BerdimuhamedovTurkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli BerdimuhamedovShavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Tojikiston prezidenti Emomali RahmonShavkat Mirziyoyevning Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir JaparovShavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.Qirg‘iziston prezidentining yaqinda O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar to‘plamini, shu jumladan qo‘shma "yo‘l xaritasi" asosida o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish muhimligi qayd etildi.Ozarbayjon prezidenti Ilhom AliyevO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarning iqtisodiy kun tartibini puxta tayyorlash muhimligi qayd etildi.Belarus prezidenti Aleksandr LukashenkoShavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi.Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn XurelsuxVengriya Bosh vaziri Viktor OrbanKoreya Respublikasi prezidenti Yun Sok YolRossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina MatviyenkoShuningdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot qildi.Matviyenko davlat rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tiladi.Ikki mamlakat parlamentlarining samarali hamkorligi O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20240724/putin-mirziyoev-tabrik-44922317.html
o‘zbekiston
qozog‘iston
qirg‘iziston
xitoy
tojikiston
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/13/44859300_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_3801065dbcfa2577d284346276cd43bc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, qozog‘iston, qirg‘iziston, turkmaniston, xitoy, ozarbayjon, tojikiston, belarus
siyosat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, qozog‘iston, qirg‘iziston, turkmaniston, xitoy, ozarbayjon, tojikiston, belarus
Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan kimlar tabrikladi?
14:29 24.07.2024 (yangilandi: 15:10 24.07.2024) Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.
TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Ozarbayjon, Belarus, Turkiya, Mo‘g‘uluston, Vengriya, Janubiy Koreya yetakchilari tabrikladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.
“Maktublarda O‘zbekiston yetakchisi rahbarligida yurtimiz davlatchilikni mustahkamlash, xalq farovonligini yuksaltirish va mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish yo‘lida ulkan yutuqlarga erishayotgani ta’kidlangan. Shuningdek, davlatimiz rahbariga mustahkam sog‘lik, uzoq umr va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va farovonlik tilaklari, mamlakatimiz bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga qat’iy intilish bildirilgan”, — deb yozadi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya yetakchisi Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
“Sizni tavallud kuningiz bilan samimiy muborakbod etaman. Prezidentlik faoliyatingiz bilan yurtdoshlaringiz o‘rtasida katta hurmat va yuksak xalqaro obro‘-e’tiborga sazovor bo‘ldingiz. Sizning rahbarligingizda O‘zbekiston ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda salmoqli yutuqlarga erishdi, jahon maydonida o‘z mavqeyini mustahkamladi”, — deyiladi tabrik matnida.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev
“Sizning bunyodkorona siyosatingiz va oqilona rahbarligingiz tufayli bugun Siz xalqingizning umume’tirof etilgan yetakchisi bo‘lib, xalqaro hamjamiyatda haqli ravishda katta obro‘-e’tiborga egasiz. Ishonchim komil, Sizning strategik yo‘lingizga qat’iy amal qilib, muhim tashabbus va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib, qardosh o‘zbek xalqi farovon Yangi O‘zbekistonni barpo etishda Siz qo‘ygan yuksak maqsadlarga erishadi. Mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shayotgan ulkan shaxsiy hissangizni yuksak qadrlayman”, — deyiladi Toqayev tabrigida.
Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin
“Xitoy-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qarataman va Siz bilan mustahkam do‘stligimizni qadrlayman. Siz bilan birgalikda barcha sohalarda hamkorlikni rivojlantirish va Xitoy-O‘zbekiston munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha sa’y-harakatlarga tayyorman. Ishonchim komil, Sizning rahbarligingizda "O‘zbekiston - 2030" strategiyasida belgilangan barcha maqsadlar, albatta, o‘z vaqtida amalga oshiriladi”, — deyiladi tabrikda.
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov
“Shuni katta mamnuniyat bilan ta’kidlashni istardimki, yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va o‘zaro anglashuv tamoyillariga asoslangan Turkmaniston-O‘zbekiston munosabatlari yil sayin yangi mazmun bilan boyib bormoqda, ular o‘zaro katta ishonch va ochiqlik bilan ajralib turadi. Biz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi vaqt sinovidan o‘tgan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni bundan buyon ham kengaytirish niyatidamiz. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan Turkmaniston-O‘zbekiston davlatlararo munosabatlari va strategik sherikligi bundan buyon ham qardosh xalqlarimiz farovonligi yo‘lida izchil rivojlanib borishiga qat’iy ishonamiz”, — deyiladi tabrikda.
Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov
Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
“O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p qirrali, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlarining samarali yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon
Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
“Tojikiston yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik va oilaviy baxt-saodat, birodar O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 18-19 aprel kunlari Tojikistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi”, — deb yozadi matbuot xizmati.
Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.
“Suhbat avvalida Qirg‘iziston prezidenti davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog‘lik, O‘zbekiston Respublikasiga tinchlik-osoyishtalik, ravnaq va barqaror taraqqiyot tiladi.O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi”, — deyiladi xabarda.
Qirg‘iziston prezidentining yaqinda O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar to‘plamini, shu jumladan qo‘shma "yo‘l xaritasi" asosida o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
“Ozarbayjon yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik va mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tiladi. O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Ikkinchi Hududlar forumi, Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va qator qo‘shma madaniy tadbirlarning samarali yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi”, — deb yozadi matbuot xizmati.
Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarning iqtisodiy kun tartibini puxta tayyorlash muhimligi qayd etildi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko
Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi.
“Suhbat avvalida Belarus rahbari O‘zbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘lik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar, ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. Joriy yil 7-9 fevral kunlari Belarus Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni qabul qilingan "yo‘l xaritasi" asosida amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi”, — deyiladi xabarda.
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an
"Mushtarak tariximiz va chuqur ildiz otgan rishtalarimizdan kuch oluvchi munosabatlarimiz Siz Janobi Oliylarining ulkan hissasi tufayli ikki va ko‘p tomonlama shakllarda, jumladan, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida ham jadal rivojlanayotgani bizga cheksiz quvonch bag‘ishlaydi. Do‘stlik va birodarlikka tayangan yaqin munosabatlarimiz kelgusida ham barqaror ravishda mustahkamlanishda davom etishiga bo‘lgan ishonchimni yana bir bora ta’kidlashni istardim. Fursatdan foydalanib, Siz Janobi Oliylariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, do‘st va birodar o‘zbek xalqiga farovonlik va omonlik tilayman", — deyiladi tabrikda.
Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux
"Muhtaram Prezident janoblari, Siz va rafiqangizni boy tariximiz, betakror madaniyatimiz va ko‘chmanchi xalqimiz beshigi bo‘lgan go‘zal yurtimizga o‘zingizga qulay vaqtda davlat tashrifi bilan kelishga yana bir bor taklif etishdan g‘oyat mamnunman. Xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik mustahkamlanib, Mo‘g‘uliston va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik doimo rivojlanib borsin. Sizga va baxtiyor oilangizga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va farovonlik, O‘zbekiston xalqiga esa ravnaq tilayman", — deyilgan prezident tabrigida.
Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban
"Siz bilan ochiq hamkorlik tufayli keyingi yillarda Vengriya-O‘zbekiston munosabatlari yanada kengayib, misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarilgani meni quvontiradi. Janob Prezident, munosabatlarimizni mustahkamlashga sodiqligingiz uchun g‘oyat minnatdorman. Sizni ishontirib aytamanki, kelgusida ham Siz bilan hamkorlikda ikki tomonlama munosabatlarda yangi-yangi yutuqlarga erishish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishda davom etaman. Sizga mustahkam sog‘liq va faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlar tilayman!", — deya qayd etgan Orban.
Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol
"Sizni qutlug‘ 67 yoshingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etishga ijozat bergaysiz. O‘tgan oyda amalga oshirgan davlat tashrifim tufayli Siz bilan birgalikda do‘stligimizni mustahkamlaganimiz, shuningdek, Koreya Respublikasining Markaziy Osiyodagi yagona alohida strategik sherigi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi bilan strategik munosabatlarni chuqurlashtirganimizdan bag‘oyat mamnunman. Bundan buyon ham Koreya-O‘zbekiston munosabatlari rivojlanib, kelajakka yo‘naltirilgan o‘zaro manfaatli hamkorlik yanada kengayishiga Siz doimiy e’tibor qaratasiz va qo‘llab-quvvatlaysiz, deb umid qilaman. Sizga mustahkam sog‘lik va baxt-saodat, O‘zbekiston Respublikasiga esa abadiy farovonlik tilayman", — deyilgan tabrik matnida.
Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko
Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot qildi.
Matviyenko davlat rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tiladi.
Ikki mamlakat parlamentlarining samarali hamkorligi O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.