Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya kuchli aviatsiya va juda kuchli havo mudofaasiga ega — Aleksandr Sirskiy

© AP Photo / Roman ChopAleksandr Sirskiy. Arxivnoe foto
Aleksandr Sirskiy. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2024
Obuna bo‘lish
Aleksandr Sirskiy Rossiya Aerokosmik kuchlari va havo hujumidan mudofaa kuchlarining ustunligidan shikoyat qildi.
TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Britaniyaning "Guardain" gazetasiga bergan intervyusida frontdagi og‘ir vaziyat haqida gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, frontda vaziyat juda og‘ir, Ukraina pozitsiyalari ko‘p yo‘nalishlarda hujumga uchragan. Sirskiy, shuningdek, Rossiya Aerokosmik kuchlari va havo hujumidan mudofaa kuchlarining ustunligidan shikoyat qildi.

“Rossiya kuchli aviatsiya va juda kuchli havo mudofaasiga ega. Shu munosabat bilan Ukraina uchuvchisiz uchish tizimlaridan tobora ko‘proq foydalanmoqda”, — deyiladi nashr saytidagi maqolada.

Shu bilan birga, maqolada ta’kidlanishicha, Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni, agar va’da qilingan F-16 qiruvchi samolyotlari Ukrainaga yetkazilsa ham, ular Rossiya kuchlariga "to‘qnash" xavfi tufayli faqat oldingi chiziqdan yetarlicha masofada ishlatilishi mumkinligini tan olgan.
Uning fikricha, G‘arb harbiy samolyotlari frontga 40 kilometrdan yaqinroq yaqinlasha olmaydi.
Dmitriy Kuleba, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2024
Ukraina Rossiya bilan muzokaralar olib borishga tayyor — Kuleba
Yangiliklar lentasi
0