Xorijiy turistlar oqimi yanada oshiriladi — yangi farmon

© UNWTOTuristicheskiy kompleks "Silk Road Samarkand" v Samarkande.
Turisticheskiy kompleks Silk Road Samarkand v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2024
Obuna bo‘lish
Turoperatorlar uchun milliy valyutada yillik 14 foiz stavkada kredit liniyasi ochiladi.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Xorijiy turistlar oqimi yanada oshiriladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonda nazarda tutilgan.
O‘zbekistonga bu yil 11 mln xorijiy sayyoh jalb qilinadi
Hujjatga ko‘ra, 2024-yil 1-sentabrdan kirish turizmi faoliyatini amalga oshiruvchi rezident bo‘lgan turoperatorlarni xorijiy mamlakatlardan respublikaga turistlarni olib kelishda aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun milliy valyutada yillik 14 foiz stavkada kredit liniyasi ochiladi.
Kreditlar Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan respublika tijorat banklari orqali ajratiladi.
Bunda:
belgilangan yillik foiz stavkasi tarkibida bank marjasi 3 foizdan oshmagan miqdorda o‘rnatiladi;
kredit mablag‘lari turoperatorlarga 2-yillik imtiyozli davr (foiz va asosiy qarzdan) bilan 10-yil muddatga ajratiladi;
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan tijorat banklariga resurslar 3-yillik imtiyozli davr bilan 12-yil muddatga ajratiladi.
Shuningdek, turizm sohasi tadbirkorlari import qiladigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi.
"2025 yil 1-avgustgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatga olinib, litsenziyaga ega bo‘lgan turoperatorlarga, istisno tariqasida, ekstremal turlarni tashkil qilish uchun dvigatel hajmi 2,4 litrdan kam bo‘lmagan yuqori o‘tish qobiliyatiga ega transport vositalari import qilinayotganda bojxona boji va utilizatsiya yig‘imini amaldagi stavkaning 25 foizi miqdorida 3-yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etiladi", —deyiladi hujjat matnida.

Turizm sohasi tadbirkorlari import qiladigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi

2025 yil 1-avgustgacha turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan import qilinadigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi.
Turizm qo‘mitasi tomonidan ro‘yxati shakllantiriladigan xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida turizm sohasidagi tadbirkorlar, hunarmandlar, madaniyat va san’at vakillari ishtirok etadi.
Bunda, 2025-yil 1-yanvardan:
xalqaro turizm yarmarka va ko‘rgazmalari uchun hokimliklarning mahalliy budjetidan 1 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan mablag‘lar ajratiladi;
faoliyat boshlaganiga 3-yildan ko‘p bo‘lmagan turoperatorlarning xalqaro turizm yarmarka va ko‘rgazmalaridagi pavilon ijarasi xarajatining 50 foizi qoplab beriladi;
hunarmandlarning xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalaridagi pavilon ijarasi, ularda namoyish etiladigan mahsulotlarini tashish va aviachipta xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

Yangi milliy turizm brendi yaratiladi

U O‘zbekistonning turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targ‘ib qilish, sayohat va dam olish uchun xavfsiz mamlakat sifatidagi imijini yanada mustahkamlashga qaratiladi.
Turizm qo‘mitasi:
2024 yil 1-oktabrgacha yangi milliy turizm brendini yaratish uchun tanlov o‘tkazadi;
2024 yil Xalqaro turizm kuni doirasida birinchi global sayyohlik mediakampusini tashkil qiladi;
2024–2025 yillarda auditoriyasi 10 milliondan ortiq bo‘lgan 50 nafargacha xorijiy jurnalist, bloger, vloger va inflyuenserlarni jalb qiladi.
2025 yil 1-yanvardan kamida 100 nafar xorijiy ishtirokchisi bo‘lgan 3 kundan kam bo‘lmagan biznes tadbirlarni O‘zbekiston hududida tashkil qilgan tadbirkorlar 2028-yil 1-yanvargacha ushbu biznes tadbirlarni tashkil qilishdan olingan daromaddan olingan foyda solig‘ini ushbu soliq bo‘yicha belgilangan soliq stavkasiga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.

Barcha avia, temir yo‘l va avtobus qatnovlarida chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platforma ishga tushiriladi

2024 yil 1-dekabrgacha xorijiy mamlakatlar kesimida xalqaro turizm ko‘rgazmalarida namoyish qilish uchun madaniy, gastronomik va hunarmandchilik kontenti ishlab chiqiladi. 1-dekabrgacha barcha avia, temir yo‘l va avtobus qatnovlari haqida ma’lumot va chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platforma ishga tushiriladi.
Transport vazirligi:
avia, temir yo‘l va avtobus chiptalarini tabaqalashtirilgan narxlarda kamida 6 oy oldin savdoga chiqarish tizimini joriy qiladi;
Navro‘z umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni, Yangi yil bayrami va Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) hamda Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) diniy bayramlarini nishonlash davrida respublika hududlarini bog‘lovchi qo‘shimcha avia, temir yo‘l va avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi;
amalga oshirilayotgan tadbirlar, jumladan, ochilayotgan yangi reyslar, reyslardagi yuklamalar, shakllantirilayotgan yangi avia va temir yo‘l marshrutlari to‘g‘risida ma’lumotlarni muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boradi.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o merax po uluchsheniyu turisticheskoy infrastrukturi v regionax i uvelicheniyu potoka inostrannix turistov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2024
Mirziyoyev boshchiligida turizm infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi
Yangiliklar lentasi
0