Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Rossiya oliy o‘quv yurtlari filiallari bitiruvchilari O‘zbekistonda qolib ishlashadi — Daliyev

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Shohrux Daliyev: O‘zbekistondagi rus biznesi ham Rossiya oliy o‘quv yurtlari filiallari bitiruvchilarini ishga olishdan manfaatdor.
O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida Rossiya oliy o‘quv yurtlari filiallari bitiruvchilarini ishga joylashtirish haqida gapirdi.
Unning so‘zlariga ko‘ra, 2022-2023 o‘quv yilida Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filialining 227 nafar bitiruvchisidan 208 nafari Moskva davlat universiteti filialining 113 nafar bitiruvchisidan 111 nafari mamlakatda qoldi. Ayrimlari o‘qishni magistraturada davom ettirish uchun Rossiyaga ketgan.
"O‘zbekistonda mehnat bozori keng imkoniyatlar yaratadi. O‘zbekistondagi Rossiya biznesi ham Rossiya oliy o‘quv yurtlari filiallari bitiruvchilarini ishga olishdan manfaatdor”, — dedi Daliyev.
Vazir o‘rinbosari muhandis kadrlar tayyorlash haqida so‘z yuritar ekan, muhandislik sohasida kasbga yo‘naltirishni bolalar bog‘chasidan boshlab unga qiziqish uyg‘otish orqali kuchaytirish mumkinligi haqida gapirdi.
Yangiliklar lentasi
0