https://oz.sputniknews.uz/20240723/noqonuniy-trener-javobgarlik-44911554.html
Noqonuniy trenerlarga nisbatan javobgarlik belgilanmoqda
Noqonuniy trenerlarga nisbatan javobgarlik belgilanmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeks va “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun yangi moddalar bilan to‘ldirilmoqda.
2024-07-23T15:02+0500
2024-07-23T15:02+0500
2024-07-23T15:02+0500
jamiyat
o‘zbekiston
deputatlar
oliy majlis qonunchilik palatasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/07/36628037_0:319:3072:2047_1920x0_80_0_0_3c8f6d1cb95ab45b90b959cc2fa579ba.jpg
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Soxta ma’rifiy faoliyat bilan shug‘ullayotgan shaxslar uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Deputatlar “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokama qilishdi. Qayd etilishicha, keyingi paytlarda aholining turli qatlamlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida nosog‘lom ma’rifiy ishlarni amalga oshirish ko‘paygan. Tadbirlarning tashkilotchilari tomonidan go‘yoki ma’rifiy deb baholanadigan ko‘p sonli yig‘inlar, uchrashuvlar, o‘quv va suhbatlar maxsus bilim va tajribaga ega bo‘lmagan hamda asosiy maqsadi yolg‘on yo‘li bilan pul ishlash bo‘lgan soxta trenerlar, lektorlar tomonidan amalga oshirilmoqda. Qonun loyihasiga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeks va “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun yangi moddalar bilan to‘ldirilmoqda. Jumladan: Deputatlarning fikricha, qonun loyihasini qabul qilinishi bilan ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish borasidagi tartibsizliklarga barham beriladi. Noqonuniy ma’rifiy faoliyat bilan shug‘ullayotgan shaxslar uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/07/36628037_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_b9d85c01383b1fad4a0bd8f55061810f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
deputatlar o‘zbekiston ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish
deputatlar o‘zbekiston ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish
Noqonuniy trenerlarga nisbatan javobgarlik belgilanmoqda
Qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeks va “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun yangi moddalar bilan to‘ldirilmoqda.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Soxta ma’rifiy faoliyat bilan shug‘ullayotgan shaxslar uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Deputatlar “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokama qilishdi.
Qayd etilishicha, keyingi paytlarda aholining turli qatlamlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida nosog‘lom ma’rifiy ishlarni amalga oshirish ko‘paygan.
Tadbirlarning tashkilotchilari tomonidan go‘yoki ma’rifiy deb baholanadigan ko‘p sonli yig‘inlar, uchrashuvlar, o‘quv va suhbatlar maxsus bilim va tajribaga ega bo‘lmagan hamda asosiy maqsadi yolg‘on yo‘li bilan pul ishlash bo‘lgan soxta trenerlar, lektorlar tomonidan amalga oshirilmoqda.
“Bunday tadbirlarda diniy qarashlar, ko‘pxotinlik, jinsiy kamsitish, axloqiy buzuqlik, huquqbuzarliklar targ‘ib qilinib, tinglovchilar ongini manipulyatsiya qilish holatlari ortmoqda. Amaldagi qonunchilikda ma’ruza, taqdimot, seminar, mahorat darsi, kurs, leksiya, marafon va davra suhbati kabi shakllarda amalga oshiriladigan faoliyat huquqiy jihatdan tartibga solinmagan. Bu o‘z navbatida qator muammolarni keltirib chiqarmoqda”, — deyiladi quyi palata xabarida.
Qonun loyihasiga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeks va “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun yangi moddalar bilan to‘ldirilmoqda.
"Kodeks yangi 594-modda bilan to‘ldirilib, ma’rifiy faoliyatni bunday faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ko‘rsatish yoxud ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaslik holatlari uchun javobgarlik belgilanmoqda. Qonun esa, 141-modda bilan to‘ldirilib, mazkur qo‘shimcha va o‘zgartirishlar orqali ushbu sohadagi faoliyatni amalga oshirish talablari belgilanmoqda", — deyiladi xabarda.
ma’rifiy faoliyat insonni shaxsiy, intellektual va ma’naviy rivojlantirish, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish, intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon etish, individual salohiyati, imkoniyatlari, kommunikativ qobiliyatlarini yaxshilash uchun zarur ko‘nikma va malakani shakllantirishga qaratilgan hamda davlat ta’lim standartlari bilan qamrab olinmaydigan faoliyat turi hisoblanishi belgilanmoqda;
ma’rifiy faoliyatni respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan talablarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi mumkin ekanligi ko‘zda tutilmoqda;
ma’rifiy faoliyatni amalga oshirishi taqiqlangan shaxslar doirasi belgilanmoqda;
ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibi, shakllari, uni amalga oshirish talablari va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi nazarda tutilmoqda.
Deputatlarning fikricha, qonun loyihasini qabul qilinishi bilan ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish borasidagi tartibsizliklarga barham beriladi. Noqonuniy ma’rifiy faoliyat bilan shug‘ullayotgan shaxslar uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.