Rossiya FXX masjidda terakt uyushtirmoqchi bo‘lganlarni qo‘lga oldi — video

Obuna bo‘lish
DXRda Ukraina maxsus xizmati topshirig‘i bilan masjidga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan ikki kishi qo‘lga olindi.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Mariupolda terrorchilikda gumon qilib, ikki kishini qo‘lga oldi.

Ulardan biri aytishiga ko‘ra, mart oyida u bilan Ukraina qamoqxonasida bo‘lgan do‘sti bog‘langan va terakt uyushtirishni taklif qilgan. Xususan, Belgorod shahridagi masjidga o‘t qo‘yishni taklif qilgan. Buning uchun Ukraina maxsus xizmatlari unga pul va kerakli vositalar bilan ta’minlashgan.
“Maqsad — Rossiyada musulmonlar va nasroniylar orasida nizo chiqarish, ular o‘rtasida dushmanlik qo‘zg‘atish", - dedi erkak.
Ikkinchi hibsga olingan shaxs ham uning maqsadi Belgoroddagi masjidga o‘t qo‘yishni tashkil qilish bo‘lganini tasdiqladi. Buning uchun u Ukraina maxsus xizmatlaridan pul olganini tasdiqladi. Uning vazifasi bu ishga bajaruvchi topish bo‘lgan.

Aniqlanishicha, ular Ukraina maxsus xizmatlari xodimi tomonidan internet-messenjer yordamida ishga olingan. Uning topshirig‘iga ko‘ra, pul mukofoti uchun Belgorodga borib, shahar masjidiga o‘t qo‘yishni rejalashtirishgan. FXX tomonidan ularning rejalari fosh qilindi va terakt to‘xtatib qolindi.
Qo‘lga olinganlarga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 205.1 (terrorchilik harakatni tashkil etish) moddaning 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Yangiliklar lentasi
0